"omina" jurnalidan MUSLIMALARGA ATALGAN LIBO

assalamu aleykumbu liboslarni tushunturib bersangiz kaeri muslimalarni libosiga tugri kelishini ?misol bilan surasam: Qur’oni karim, Sura Nur 31 Oyatida.31 . Sen mo‘minalarga ayt: Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar zohir bo‘lgan ziynatlar bo‘lsa (mayli). Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar. Ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o‘g‘illariga yo erlarining o‘g‘illariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining o‘g‘illariga yo opa-singillarining o‘g‘illariga yo ayollariga yo o‘z qo‘llarida mulk bo‘lganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (bo‘lsa mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey mo‘minlar! Shoyadki, najot topsangizlar». (Ushbu oyatda Alloh taolo Payg‘ambarimizga (s.a.v.) xitob qilib, mo‘mina ayollarga kiyim kiyish va avrat berkitish borasida o‘zlarini qanday tutishlari lozimligini bayon qilib berishini buyurmoqda. Muslima ayollar ham nomahramlarga shahvat nazari bilan qaramasliklari lozimligi ushbu oyatdan tushuniladi. Ayolning ayolga nisbatan avrati kindigidan tizzasigachadir. Ayol kishining nomahram erkaklarga nisbatan avrati yuzi va ikki kaftidan boshqa butun badanidir. Mo‘mina-muslima ayol sharafini saqlash uchun Allohning amriga itoat etib, avratini nomahram erkaklardan berkitmog‘i kerak. Buning uchun esa, yuzi va ikki kaftidan boshqa butun tanasini to‘sib turadigan kiyim kiymog‘i lozim. Shuningdek, kiyim yupqa, badanga yopishgan, tor bo‘lmasligi ham zarur. Nomahram erkaklarning e’tiborini jalb qilmaydigan darajada bo‘lishi kerak. Ziynat deganda chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar va ayollar o‘zlarini chiroyli ko‘rsatish uchun ishlatadigan turli vositalar ko‘zda tutiladi. Ayol kishi ushbu oyatga amal qilib, ziynatini nomahramlardan berkitmog‘i lozim, berkitishning imkoni bo‘lmay qolganda gunoh emas. boshlariga o‘ragan ro‘mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko‘ksilari va ko‘kraklarini ham to‘sib tursin. Toki, ularning jamoli begona ko‘zlarga mo‘ljal bo‘lmasin, turli fitnalar keltirib chiqarmasin. Johiliyat davrida ayollar oyoqlariga ham turli taqinchoqlar, qo‘ng‘iroqlar taqib olishar ekan. Keyin esa, erkaklarning e’tiborini jalb etish uchun oyoqlarini erga qattiq-qattiq urib yurib, haligi taqinchoqlarning ovozini chiqarishar ekan. Bu esa, o‘z navbatida, erkaklarning shahvatini qo‘zg‘agan, ayolning ortidan tushib xiralik qilishiga va oxir-oqibat zinoga olib borishi mumkin bo‘lgan.)bu liboslar oyatga kelganidek, tugri kelmayabtiku ?[img width=374 height=500]https://s1.ipi’ture.ru/uploads/20120712/2ynT1uJe.jpg[img width=374 height=500]https://s1.ipi’ture.ru/uploads/20120712/pQli’iUk.jpgAllox barchamizni tugri yulga yullasin amin.assalamu aleykum
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
men esa javobini bila turib so‘raganlarga javob bermayman, nasiyhat qilaman, nasiyhat mo‘minlarga doimo manfaat beradi.

27 Май 2022, 01:06 | Савол-жавоблар | 151 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar