Biz yoshlarga maslahat bering!!!
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Xazratlari. Sizga ilmni ziyoda qilib bergan Rabbimiz Allohga hamd sanolarimiz va payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v ga cheksiz va mukammal salovat va durudlarimiz bo‘lsin. Hurmatli Ustoz. Menga bir xayotiy masalada, ham islomiy olim, ham xayotiy tajribaga ega ota, ham xolis do‘st sifatida maslahat bersangiz? BATAFSIL MASALA:- Man asli Qashqadaryo viloyatidanman. Ishlarim yurishmay qarzga kirib qolganimdan so‘ng, yaqinda bir yil bo‘ladi, uydan chiqib ketganman. Ishlab qarzlarimni uzish maqsadida. Bunday qilishimga ota-onam ham qarshilik qilishmagan va xatto shunday qilishimga undashgan ham. Toshkentda uysiz pulsiz juda qiynaldim va ana shunday ham jismoniy, ham ruhiy azobda yurganimda kursdoshim bo‘lmish bir qizni uchratdim. U turmush qurib, erining tinimsiz xiyonatlari oqibatida uch oy ham yashamay ajrashgan ekan. U menga xolisanilloh yordam berdi: eb-ichishim, ish topishim va boshqa narsalarda. Unga nisbatan o‘qishda o‘qi yurgan kezlarimdayoq hurmatim cheksiz edi. Shu bois u bilan ahdlashdek. Allohga qasamki, bu ishni uning oldida qarzdor ekanligimdan emas, balki baxtli qilish uchun xolisanilloh qildim. U qiz aqlli, iymonli, Allohdan qo‘rqadigan va uyaladigan qiz. Biz shu tariqa o‘n oyga yaqin munosabatda yurdek va endi ayrim muammolar vujudga kelayapti.1- MUAMMO: - Qizning uydigilari uni menga berishga rozi emas. U oyisi va ikkita turmushga chiqmagan singillari bilan yashaydi. Onasining aytishicha, agar u manga turmushga chiqsa, qachondir yuziga solarmishman, Qashqadaryoga olib ketib azobga qo‘yarmishman, Toshkentda qolsak ham xor-zor bo‘lib yasharkanmiz.2-MUAMMO:- Mani uyimdagilar. Oilam islomiy oila. Dadam g‘uruli inson bo‘lganliklari sababli, birovdan qarz bo‘lib qolganimni eshitib, chidolmadilar va mandan biroz ranjidilar. Oyim hokisor va sodda ayol. Ayni paytda Allohga shukurki ishlarim yaxshi borayapti va uzog‘i ikki oyga bormay qarzlarimdan qutulaman inshaolloh. Dadam ham, onam ham mani ich-ichlaridan yaxshi ko‘rishliklarini sezaman.3-MUAMMO: - Ayni paytda u qizga o‘ttiz yoshlardagi, oilasidan ajrashgan va bolasi yo‘q bir erkak sovchi qo‘ygan. Onasining qistovi bilan ko‘rishib ham keldi. Qiz menga " xayotga real qarash kerak, xissiyotlar bilan emas, aksincha aql va iymon bilan ish tutaylik. Biz orzu qilib yurganimizdek ota-onalarimiz rozi bo‘lishmasa nima bo‘ladi? To‘g‘risini aytsam man birovga tegib, uning hasmi bo‘la turib, nomahram erkakni, ya’ni sizni uylab yashomiyman, Allohdan qo‘rqaman. Yaxshisi uyizdigilarga bor gapni ayting, meni oyim bilan ham gaplashing, tushunadilar, yuz foiz qarshimaslar, shunchaki sizga ishonmasdan, ikkilanib turibdilar" dedi. Xazrat, lekin ayni paytda uyimdigilarga bu xaqida ayta olmayman, chunki birinchi muammoimni, ya’ni qarzlarimni berishim kerak. Ana undan keyin yotig‘i bilan tushuntiraman dib o‘ylab turimman. Lekin qizning oyisi unga " mana shu sovchi qo‘ygan bolaga teg, farzandi yo‘q, yosh yigit. Xamma narsasi bor. Toshkentlik, o‘zingni qiynab nima qilasan" deyayotganmish. Qiz shu tomonlarini ham o‘ylayapti.SAVOL:- Shu o‘rinda qanday yo‘l tutay? Ustoz, bilaman mo‘min ahli o‘zining sabri bilan boshqalardan ajralib turadi. Lekin u qizni shunchalik qattiq yaxshi ko‘ramanki, men unga faqat yaxshilik tilaganman. Undan ayrilsam qattiq ruhiy zarba olaman. Bir tadbir o‘rgating Ustoz! Va albatta duo qiling.Hurmat va ehtirom ila muxlisingiz Sarvarbek.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-onangiz bilan maslahatlashib, hamma narsani tushuntirib, qizning onasini ko‘ndirishga urining.
27 Май 2022, 01:10 | Савол-жавоблар | 191 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-onangiz bilan maslahatlashib, hamma narsani tushuntirib, qizning onasini ko‘ndirishga urining.
27 Май 2022, 01:10 | Савол-жавоблар | 191 | Oila va turmush