vidio lavxa izoxi
BISMILLAXIR RAHMONIR ROHIYM Faziylatli Shayx Janoblari, Assalomu alaykum! Ayni kunlarda ko‘pchilik odamlar qo‘lidagi mobil telefonlarda «ilonga aylanib qolgan ayol» sarlavxasi ositidagi foto lavxa ommalishb ketdi. Odamlarni gaplariga quloq soladidan bo‘lsak; «bu ayol xajga borganmish, qaytib kelganidan keyin «Hajga borib itday charchab keldim. Odamlar ilonga o‘xshab aylanib yuraverar ekan», deganmish va ertasi kuni ilonga aylanib qolganmish», degan gaplar tarqab ketgan. Ushbu vidio lavxa odamlar qo‘lida telefondan telefonga ko‘chib yuribdi. Aslini olganda mazkur video lavxa 2009 yilda Indoneziyada tayyorlanib YouTube portaliga joylashtirlgani ma’lum bo‘ldi. Ammo, masalani xaratli tomoni xam bor deb uylayman, bu foto lavxalar o‘z-o‘zidan tarqamaydi, unga berililayotgan “izoxlar” xam odamni o‘ylantirib qo‘yadi. Bu kabi ishlarni orqasidan kimdir nimanidir xoxlayotganga uxshaydi, bu xam aqiydani buzish borasida olib borilayotgan tashviqotlardan biri emasmikin? Balki meni yozayotganlarim uncha axamiyatga molik emasdir, lekin ko‘pchilik yoshlar, ayollar va ba’zi bir yoshi katta odamlar ham shu narsaga ishonib, unga jiddiy tus berishmoqda. Biz ko‘rgan bilganlarga bu narsa yolg‘on bo‘lsa kerak, uni telefondan telefonga o‘tkazish yaxshi emas, deb tayinlamoqdamiz. Lekin bizni gapimizdan ko‘ra bu borada Sizni fikrlaringiz keng jamoatchilik uchun ta’sirli bo‘lishini inobatga olgan xolda Sizga murojaat qilishga jazm qildim. Xurmatli Shayx janoblari, bu yozganlarim javob berish uchun arzimas narsa bo‘lib, Sizni vaqtingizni olgan bo‘lsam meni kechiring ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fikrlaringiz juda to‘g‘ri. Men bu masalada avval ham ikkita savolga javob berdim. Alohida suvratli yozuv ila bu masalani batafsil muolaja qilish rejasini ham amalga oshirish payidamiz.
27 Май 2022, 01:37 | Савол-жавоблар | 148 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fikrlaringiz juda to‘g‘ri. Men bu masalada avval ham ikkita savolga javob berdim. Alohida suvratli yozuv ila bu masalani batafsil muolaja qilish rejasini ham amalga oshirish payidamiz.
27 Май 2022, 01:37 | Савол-жавоблар | 148 | Aqiyda