Kinodagi Nikoxlanish masalasi

BISMILLAXIR ROHMANIR ROHIYM. Alloh taologa O‘z jaloliga loiq xamdu sanolar bo‘lsin! Ortlaridan nabiy yo‘q Zotga durudu salovotlar bo‘lsin! Faziylatli Shayx janoblari, Assalomu alaykum! Barchaga ma’lumki bir necha yillardan beri diyorimizda kino biznesi juda jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, oynai jaxonda va kinozallarda namoish etilayotgan filmlarning aksariyati; yoshlar xayoti, oila va nikox, turmush qurish va ajrashish kabi mavzularda suratga olinmoqda. Mana shu filmlarni ba’zilarida film qaxramonlarini nikoxlash marosimlari xam suratga olingan bo‘lib, "falonchini nikoxingizga qabul qildingizmi?" deyilsa yigit "Xa, qabul qildim" desa, qiz ham "Xa, roziman" degan ma’nodagi lavxalar ham bor. Axir shariat qoidalariga ko‘ra: "Ikki ishni chini xam, xazili ham chin. Ular nixox va taloqdir", deyilgan. Shariatning shu qoidasiga muvofiq mana shu kabi film "qaxramonlari" o‘zlari bilmagan xolda bir-birlariga nikoxlanib qolmayaptilarmikin? Agar shunday bo‘lsa, bu xolatlarni oxiri juda xam ayanchli-ku. Shunga o‘xshash xolatlarni oldini olish uchun ba’zi kishilarimiz tomonidan ayrim urinishlar qilingan bo‘lishi mumkin, ammo natida sezilmayapti. Faziylatli Shayx janoblari! Shunga o‘shxash xolatlarni oldini olish bo‘yicha film ijodkorlariga shariat oldidagi ma’suliyatlarini unitmasliklari, oila va nikox masalalarida shariat qonunlariga amal qilish lozimligini, nikox masalasi juda jiddiy narsa ekanligi yana bir bor eslatib qo‘ysakmikin, degan o‘ylar bilan Sizga murojaat etmoqdamiz... Biz sizni yaxshi ko‘ramiz. Barcha ishlarimizda Alloh taolo madatkorimiz bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Biz ham sizni yaxshi ko‘ramiz. Albatta, ularga eslatib qo‘yish kerak.

27 Май 2022, 01:43 | Савол-жавоблар | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar