Homila haqidagi Oyat

Assalomu alaykum hurmatli Ustoz, 1 savol bilan murojaat qilmoqchi edim:Qur‘oni Karimda homiladorlarga aloqador oyat qaysi surada ekanini etolisizmi? Ma‘nosi adashmasam "...ALLOH homilaning ham homilador ayolning ham ahvolidan habardor Zotdir...". Buni islom.uz saytining asosiy bo‘limidan o‘qiganidim, lekin esimda qogani shu ekan. Izlash bo‘limidan topomadim. Savolimda hatolari bo‘lsa iltimos jaxliz chiqmasin...Din yo‘lidigi hizmatlarizzi ALLOH munosib mukofotlasin, baxtimizga salomat yurin.abdulaziz...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Siz istayotgan oyat Ra’d surasining 8­­­ va 9 oyati bo‘lsa kerak. Unda shunday deyilgan:"Alloh har bir urg‘ochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida o‘lchovlidir.U, g‘aybni ham, shahodatni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir". Shuningdek, Fotir surasining 11 oyatida ham shunga o‘xshash mazmun bor. Vallohu a’lam.

27 Май 2022, 02:00 | Савол-жавоблар | 146 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar