Qur’onni yod olish haqida!

Xurmatli Xasanxon, Xusanxon va Abdulbosit qori akalarim. Alloh taolo sizlarni qilayotgan ishlaringizga o‘zi baraka bersin! meni savolim, Men Qur’oni Karimni yod olishni boshladim, shuning uchun men nimalarga e’tibor berishim kerak! Maslahatingizga muxtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillahir Rohmanir Rohiym.Va alaykum assalom.Siz aavalo Alloh taologa ushbu tavfiqi uchun shukr aytishni unutmang. U Zotga doimo duo va tazarru’da bo‘ling. Niyatni to‘g‘ri qiling va banda tomonidan lozim bo‘lgan boshqa ishlarni ham amalga oshirishga harakat qiling. Qur’on o‘qish va yod olish odoblariga rioya qiling: doimo tahorat bilan, qiblaga yuzlangan holda, pokiza joyda, hayolni boshqa ishlardan xoli qilgan holda yod olishga kirishing. Har bir darsni oldin bexato o‘qishni o‘zlashtiring, keyin uni yod olishga harakat qiling. Yaxshi yod olganingizdan keyin kitobga qaramay uni 100 yoki 150 bor yoddan takrorlang. Har kuni ma’lum miqorda yod olishni vazifa qilib oling, vazifangizni ado qilmay turib joyingizga yotmang. Yod olmoqchi bo‘lgan oyatlaringizni biror mo‘’tabar qorining qiroatini eshitishdan boshlasangiz, yanada yaxshi bo‘ladi. Har bir surani yoki porani tugatganingizda uni bir butun qilib jamlab olishni ham unutmang. Buning uchun ma’lum kun tayyorgarlik ko‘rishdan ham erinmang. O‘rganingizni biror ustozdan, uskunaga yozilgan qiroatlardan foydalangan holda bir qator o‘tkazib oling. Doimo yod olgan sura va poralaringizni takrorlab turing va buni ham ma’lum vazifa asosida olib boring.Shuningdek, sizga ushbu bo‘limdagi "Yodlashni osonlashtiruvchi omillar" sarlovhasida berilgan javobni o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz. Vallohu a’lam.

27 Май 2022, 02:14 | Савол-жавоблар | 129 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar