Erning javobgarligi chegarasi
Xurmatli Shayx Hazratlari!Savol matnim biroz uzun bo‘lgani uchun uzr so‘rayman. Allohning qo‘llashi orqali sizning maslahatingiz, yordamingiz juda muhim. Masala quyidagicha. Agar oilada ayol:- Allohga itoatda sustlik qilsa;- namoz o‘qishga harakat yanada past bo‘lsa, namozni biror qiyinchilik paytda o‘qisa-yu, boshqa paytda yo qazo qiladi, yo umuman o‘qimay qo‘yadi;- diniy-ma’rifiy kitoblar o‘qishga qiziqish juda kam bo‘lsa. Garchan seriallar ko‘rish va har xil mish-mish gazeta-jurnallarni o‘qishga vaqt topsa;- ko‘cha-ko‘yga ko‘kragining ustini (yorig‘igacha), oyog‘ining boldirini, qo‘llarini elkasigacha ochib kiyim kiyib chiqaversa (ana shunday tusdagi kiyimlarni sotib oladi yo tiktiradi);- erining ana shu boradagi talablari, tushuntirishlari, ko‘rsatmalari, iltimoslariga itoat qilishda nafaqat sust, balki ba’zida teskarisini qilsa (xatto eri biror kitob o‘qib berganda eshitishni istamasa);- Allohning oldida u uchun eri ham javob berishi kerakligini aytganda, o‘zi bir amallab javob berishini osongina ta’kidlasa;- Turmush-maishiy hayotda ayol ishlamasa-yu, eri Allohning yordami bilan barcha qulayliklarni (uy-joy, avto, uy jihozlari) va kundalik xarajatlarni etarlicha tashkil qilgan bo‘lsa;- qolaversa, eri o‘z to‘shakiga (3-4 yildan buyon er alohida xonada, ayoli esa 7 yoshli qizi bilan o‘z xonasida yotadilar) chaqirganda ham ayoli turli xil baxonalarni o‘ylab topsa, garchan erining tashqi ko‘rinishida hech qanday nuqsoni yo‘q, kelishgan, jismonan va jinsiy sog‘lom bo‘lsa.- aslida er o‘z ayolini yaxshi ko‘radi.Ayolining yaxshi jihatlari ham yo‘q emas: ovqatlarning turli xillarini tayyorlay oladi, uyini toza tutishga harakat qiladi, farzandlarining tarbiyasiga o‘z bilimi doirasida e’tibor bera oladi, muomalada qo‘pol emas. Savollarim. Mana shunday holatda:- erning Alloh oldida ayolining amallari uchun javobgarligi qancha, qay miqdorda?- mabodo ayol sehru-jodu qilingan bo‘lishi mumkinmi?- er ayoliga qanday yo‘l, usullar bilan tushuntirishi mumkin?Alloh Sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Erning Alloh oldida ayolining amallari uchun javobgarligi Qur’oni Karim va hadisda sobit bo‘lgan. Qiyomatda javob beradi.- Sehr jodu ehtimoli uzoq.- Siz ayolning qarindoshlarini ishga soling. O‘zingiz unga nasihat qilishda davom eting. Yana unga gapi o‘tadigan, u uyaladigan kishilardan ham yordam so‘rang.
27 Май 2022, 02:47 | Савол-жавоблар | 132 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Erning Alloh oldida ayolining amallari uchun javobgarligi Qur’oni Karim va hadisda sobit bo‘lgan. Qiyomatda javob beradi.- Sehr jodu ehtimoli uzoq.- Siz ayolning qarindoshlarini ishga soling. O‘zingiz unga nasihat qilishda davom eting. Yana unga gapi o‘tadigan, u uyaladigan kishilardan ham yordam so‘rang.
27 Май 2022, 02:47 | Савол-жавоблар | 132 | Oila va turmush