Jinning yordamini rad etish to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum xazrat. Biz toliblaringiz hatto dangasalik bilan, uncha murakkab va muhim bo‘lmagan, masjiddagi imomlarni ham ilmi etadigan darajadagi savollarni borib so‘rashga erinib, tayyor internetda sizga yo‘llaganimiz va xatto o‘ylamay bergan savollarimiz uchun, vaqtingizni olib, xatto ba’zi birlarimiz javoblaringizni o‘zingiz berayotganingizga shubxa qilib va shunga o‘xshash ishlarni qilib qo‘yibmiz. Bundan tashqari ba’zan avvalgi savollarni o‘qimay savol yo‘llab, vaqtingizni olib qo‘yamiz. Xatto fikringizni to‘g‘riligiga shubxa qilishgacha boribmiz. Bularni bilib hayron qoldim. Unday ishlarimiz uchun sizdan uzr so‘raymiz! Sizga bexisob tashakkur aytamiz! Sizning dilingizni og‘ritgan toliblaringizni bir mexribon ustoz sifatida kechiring! Ruxsatingiz bilan sizga bir savol bersam. Bir yigit institutga kirish orzusida. Birinchi yili kirolmagan. Keyingi yili ham yana Allohdan madad so‘ragan xolda urinayotgan payt. Bir kuni kechqurun uxlab yotganda uni jin bosib, o‘ldirishga harakat qiladi. Lekin niyatiga erisholmaydi. Keyin bir necha kundan so‘ng yana shu xolat takrorlanayotganda, ya’ni jin uni bosayotganda uyg‘onib qolib uni tutib oladi. Uni kim yuborganini so‘raganida jin aytmaydi. Ammo unga juda ajoyib yaxshilik qilishini: imtixon kuni test varog‘iga to‘g‘ri javoblarni o‘zi belgilab berishini taklif qiladi. Yigit: Xudodan so‘ragan bo‘lsam. Endi madadni jindan so‘raymanmi? deb uni taklifini rad etdi. Yigit ko‘nmay to‘g‘ri qildimi? Bu imkoniyat emas balki sinovdir? Yana bir savol: mabodo “jin”ni tutib olinsa uni nima qilish kerak? Ko‘p savol berib vaqtingizni olganimiz uchun uzr! Alloh barchamizga madadkor bo‘lsin! Omin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga tashakkur! Xafa bo‘lmang. Odamlar har xil bo‘ladi. Faqat bizni yolg‘onchi deya tuhmat qilishlari ozor beradi. Ularning bo‘htoniga qaralsa, kimdir javob berib, odamlarni aldash uchun mening ismim yozilarmish. Bo‘htonchilarning jazosini Alloh taoloning O‘zi beradi.Jinni tutishga harakat qilmaslik kerak. Undan iloji boricha yiroq bo‘lishga harakat qilmoq zarur.

27 Май 2022, 03:43 | Савол-жавоблар | 148 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar