Kasbim xalolligiga shubxam bor!

Assalomu alaykum Xazrat! Sizga kalbimni yarim yildan beri kiynab kelayotgan savolni bermokchi edim. Savollar orasidan avval shu savolimga uxshashini izlab topdim xam, lekin kunglim tulmadi. Meni savolimga xam Allox uchun aloxida javob berishingizni iltimos kilaman. Ishim bankda, 1,5 yildan beri kompyuter kurilmalari mutaxasissi bulib ishlayman. Yarim yildan beri kasbim foizxurlik, sudxurlik bilan boglikmasmikin deb turli adabiyotlarni, internet saytlarini kidirib yuribman. Lekin kuni kechagacha kunglimga utiradigan javob topmadim. Rus birodarlarimizning kuyidagi saytlarida (https://www.halal.kg/main/bank/3289-mozhno-li-rabotat-v-banke-zanimayushhemsya.html) fatvoni ukib koldim. Kur’ondan dalil keltirib, Allox Taolo Uzining Kalomi Moida surasining 2 - oyatida "...Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli zotdir." deyilgan. Bunga kura, men foiz bilan shugullanuvchilarni kompyuterlarini ishchi xolatida turishini ta’minlab ular bilan xamkorligim bulib, buni Allox man kilgan ekan! Ustoz, agar savolim nourin bulsa uzr surayman. Lekin iltimos, shunday bulsada javobingizni intiklik bilan kutaman. Savolim sungida bir xadisni keltirib utmokchi edim. Payg‘ambar alayhissalom: «Ey Sa’d, taomingni halol qil, duosi qabul bo‘ladigan bo‘lasan. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot bilan qasamki, bir odam harom luqmani qorniga tashlasa, Alloh uning duosini qirq kungacha qabul qilmaydi. Qaysi bandaning go‘shti haromdan va ribodan o‘ssa, unga do‘zax munosibdir», deb marxamat kilganlar. Allox xammamizni gushtimiz xarom va ribodan usishidan saklasin, xalolidan nasib etsin! Omin!Assalamu alaykum va raxmatulloxi va barakatux!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bevosita riboga bog‘liq bo‘lmagan bank ishlariga ulamolar ruxsat berganlar.

27 Май 2022, 03:45 | Савол-жавоблар | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar