Kon tekkan kiyim!
Assalamu Aleykum!Kishining kaeridandir, misol uchun buynidan ozgina kon ketib kiyimiga teksa va bu kiyimni almashtirish ilojisi bulmasa kanday yul tutishi lozim:kon tekkan kiyimda ukishmi yoki uyga kaytgandan sung kiyimini almashtirib, namozni kazo kilibmi?yoki bosha yuli bormi?Jazokullox Xoyrun Kasiyro!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qon oz bo‘lsa, o‘qilaveradi.Najasligi qat’iy dalil bilan sobit bo‘lgan narsa «og‘ir najosat» hisoblanadi. Bunga oqqan qon, go‘shtini eb bo‘lmaydiganlarning tezagi va siydigi, agar taom emaydigan darajada kichik bo‘lsa ham, aroq, havoda tezak tashlamaydigan uy o‘rdagi va g‘ozi hamda tovuqqa o‘xshash parrandalarning tezagi, o‘limtikning go‘shti va terisi, itning tezagi, yirtqichlarning tezagi va so‘lagi, og‘izni to‘ldirib chiqqan qayt, odamdan chiqib toharatni sindiradigan narsalar kiradi.Undan dirham miqdori afv qilinadi. U quyuq najosatda bir misqol, suyuqda kaft miqdorichadir.Ushbu miqdorgacha bo‘lgan og‘ir najosat ila namoz o‘qisa, joiz. Undan ortganda o‘qib bo‘lmaydi. Oz miqdordagi najosatdan saqlanish qiyin bo‘lganidan ruxsat berilgan. Dirhamning og‘irligi 2, 975 gramm.
27 Май 2022, 03:50 | Савол-жавоблар | 174 | Namoz