Niyat kildim deyishlik, lekin anik talok eki boshka lafzni aytmaslik

Assalomu alaykum, muxtaram Shayx Xazratlari. Allox (S.T.) Sizning umringizni zieda kilsin.Savolim kuyidagicha: Turmush urtogim 3 yil avval oilasini 2ta kildilar. Uzlari boshka shaxar va davlatdalar. Allox va shariat buyruklari buyicha oilalari urtasida adolat kilmadilar. Man va farzandlarim xakkini tegishli ado kilmadi desam buladi. 1 yil avval adolatsizlik va nafakasizlikdan norozi bulib javobimni berishini suragandim, 1 talok berdilar, idda tugashiga bir necha kun kolganda keldilar, kaytardim dedilar. Endi tashlab ketmaslikka eki birga olib ketishlikka, xabar olib turishlika va’da berdilar, 6 oy utgach yana ketdilar tashlab. Keyingi 6 oy davomida yana xuddi avvalgi axvol kaytarildi. Man yana adolatsizlik va nafakasizlikdan noroziligimni bildirdim. Endi telefon orkali "niyat kildim, sandek xotin manga kerakmas" dedilar. Anik "talok", eki "javob" eki shunga uxshash boshka lafz ishlatmadi, "guvoxingni olib kel telefon oldiga, eshitasan" dedilar. Man bu ishni kilmadim, telefonga javob bermadim. Bu 2chi talok buldi deb tushunishim kerak va idda saklashim kerak buladi deganimi? Talok suzi urnida boshka lafz ishlatilishi mumkinligini Siz Xazratning "Xadis va Xaet - Nikox, talok, idda" juzida ukigandim. Tushunmagan narsam, ularning guvox olib kel, anik eshitasan degani buldi. Xozir man idda muddatida bulgan xisoblanamanmi? Farzandlarimga u kishidan xech nima olmaslikka karor kildim, chunki ular bir narsa berib orkasidan "rozimasman" deb kargashga tushadilar, bunga xakkim bormi?Alloxdan fakat magfirat, raxim, rizk, sabr tilab, farzandlarimni solix, dinimizga xizmat kiluvchi bandalar bulishini surab duo kilaman.Xazrat, Sizning xam farzandlarimiz va biz uchun duo kilishingizga muxtojmiz. Javobingiz uchun katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Guvoh olib kel, deyish ila taloq qilishdan qochgan. Sizning haqqingiz bor. Alloh sizga va farzandlaringizga mo‘l rizq bersin, sizlarni mag‘firat va rahm qilsin, sabr bersin.

27 Май 2022, 03:51 | Савол-жавоблар | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar