Extiyoti peshin tugrisida mazxabimiz dalillari

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuxu!SAVOL: Ma’lumki, "extiyoti peshin" masalasi xam bizni yurtlarda musulmonlar urtasida ixtiloflarga sabab bulib turadigan masalalardan biri. Siz muxtaram ustozning fatvolarida "Ustozi ukigin deganlar ukisin, ukimagin deganlar ukimasin" deyiladi. Yakinda bir fatvoni ukib koldim. Forumda zamonamizdagi tarikat shayxlarining faoliyatlarini taxlil kilib chikkan bir ilmli birodarimizning makolasidan iktibos keltirib utmokchiman: Iktibos: ".... Misrdagi al-Azhar majmuasining 734-sonli “Juma namozidan keyin peshin o‘qilishi haqida”gi fatvosi aynan ushbu masala xususidadir. Unda jumladan shunday deyiladi: “Joyning tor bo‘lib qolishi yoki eski masjidning ta’mirtalab holatga kelishi sababli yoki shaharda ikki dushman toifaning vujudga kelishi va ularni bir masjidda birlashishi fitnaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lganda bir shahar aholisi boshqa masjidda juma o‘qishlari mumkin. Bundan keyin ehtiyotan peshin o‘qilishi haqidagi gapning na Kitob va na sunnatdan dalili yo‘qdir. Ishonchli (sahih) gap shuki, zarurat va ehtiyoj bo‘lsa bir shaharda bir necha juma o‘qiladigan masjid bo‘lishi mumkin. Bu barcha fuqaholar ittifoq qilgan va shariat ruhiga mos keladigan gapdir. Ulamolarning fikricha ibodatning mohiyati Rasululoh s.a.v.ga muvofiq bo‘lishlikdir. Juma namozidan keyin ehtiyotan peshin o‘qish haqida esa Muhammad a.s. hech narsa demaganlar”.Muxtaram ustoz! Sizdan iltimos mazkur masalada "extiyoti peshin ukiladi" degan tomonning xujjatlarini xamda yukoridagi fatvoga uxshab "ukimaydi" deb xukm chikargan ulamolarning fatvolarini keltirsangiz. "Ixtiloflar.Sabablar.Echimlar" kitobida shu kabi ixtilofli masalalar ikki tomonning dalillari keltirilgan xolda baxs kilingan. Xuddi shunga uxshab "Extiyoti peshin" masalasi xam ikki tomonning dalillari bilan yoritib berilsa, bu kabi ixtiloflarga urin kolmasdi. Xar kim uzi bilgan fatvosiga ilmiy ravishda amal kilishga utishardi. Meni fikrlarim va savolim nourin bulsa uzr surab kolaman.Allox Uzi sizni panoxida asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "Ixtiloflar.Sabablar.Echimlar" kitobida bemazhablar bilan bo‘lgan ixtiloflar ko‘zda tutilgan. Siz aytgan gap bir mazhabning ichida. Mazkur namozni o‘qiladi deganlar ichida ba’zi kitob yozgan ulamolar ijtihodi ham bo‘lgani uchun bizning ulamolar kengashi bundan yigirma yilcha avval yuqoridagi gapni aytishgan.

27 Май 2022, 03:52 | Савол-жавоблар | 189 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar