Muminning kabrdagi amali xususida

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Kadrli shayx xazratlari! Sizga savol bilan murojaat etishga izn bersangiz.Savol: Imom Suyutiyning "Barzax xayoti" nomli kitoblarida mumin kishining kabrdagi xolatlari bayon kilingan, unga xushxabarlar berilgan. Usha rivoyatlarning ayrimlarida vafot etgan muminga kabrida farishlar tomonidan Kur’on urgatiladi, degan mazmundagi gapni ukidim. Yana axli solix kishilarning kabrlarida Kur’on tilovat kilganlari va namoz ukiganliklari xam rivoyatlarda keladi. Saxobalardan xam kabrdagi kishining kabrida "Mulk" surasini tilovat kilganligini eshitib, paygambar s.a.v ga bildirganlari rivoyat kilingan. Akoidimizda bandaning amali ulimi bilan kesilishi bayon kilinadi. Mazkur masalaga oydinlik kiritib bersangiz.Javobingiz uchun tashakkur!Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mulk surasining fazli haqida kelgan rivoyatlarda o‘lgan kishining amali sifatida emas, sharafi ma’nosida kelgan. Boshqa rivoyatlarda ham shunday.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri o‘z kapasini bilmasdan bir qabr ustiga qurdi. Birdan uning ichida bir inson «Tabarokallazi biyadihil Mulku»ni oxirgacha qiroat qildi.Bas, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:«Ey Allohning Rasuli, kapamni qabr ustiga qurdim. Men uning qabr ekanligini bilmas edim. Birdan uning ichida bir inson «Tabarokallazi biyadihil Mulku»ni oxirgacha qiroat qildi», dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«U man qiluvchi va najot beruvchidir, qabr azobidan najot beradi», dedilar.Sharh: Shuning uchun bu sura «Saqlovchi» va «Najot beruvchi» deb ham ataladi, chunki u bandalarni katta azobdan saqlaydi. Qabr ichidagi o‘qiganda uning sirtidagi o‘qish ham foydali bo‘lishi turgan gap.Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Mayit qabrga qo‘yilgandan so‘ng (azob farishtalari) oyoqlari tarafdan kelsalar, oyoqlar: «Sizning buning oldiga kelishingizga yo‘l yo‘q, chunki u biz bilan turib kechasidagi namozda Mulk surasi o‘qirdi», derlar. Agar bosh tarafdan kelsalar, tili: «Sizning buning oldiga kelishingizga yo‘l yo‘q. Chunki u men bilan Mulk surasini o‘qirdi, deydi», deyilgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:«Mulk surasi har bir mo‘min qalbida bo‘lishini xohlardim», deganlar.

27 Май 2022, 04:30 | Савол-жавоблар | 201 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar