saytdagi makola xususida

man sizni tafsiyri xilol kitobingizda fotixa surasini tafsirini ukib tasirlanganim uchun dinga amal kilishni boshlaganman.Allox sizdan rozi bulsin. xozir sizga bir muloxazali savol bermokchiman.Siz istevo xakidagi makolangizda kuyidagi mantikka asoslangan fikrlarni ezibsiz:4. Musulmon ummatining ulamolari bu masalada ittifoq qilgan to‘rtinchi nuqta:Oyat va hadislarda Allohga o‘xshashlikni ifoda qiladigan har bir matnni sirtqi ma’nosidan boshqa tarafga burish kerakligi. Sirtqi ko‘rinishda Allohga keyin paydo bo‘lganlik sifatini beradigan har qanday ma’noni kesish kerakligi va Allohning qadim ekani, keyin paydo bo‘lgan mavjudotlarga muxolif, tamoman ulardan boshqacha ekanligiga ittifoq qilish kerak.«Unday bo‘lsa, Qur’onda, hadisda kelgan «Arshga istivo qilish»dan murod nima?» degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Agar biz matnlarda, oyat va hadislarda kelgan iboralarning zohiriga qarab, sirtqi ma’noni beradigan bo‘lsak, «Alloh taolo Arshda qaror topgan, uning ustiga chiqib o‘tirgan» degan ma’no kelib chiqadi. Chunki, ushbu oyatlardagi «istivo» so‘zining orqasidan kelgan harfi jar - «a’la» so‘zi mana shu ma’noni ifoda qiladi.Misol uchun, «Mu’minun» surasining yigirma sakkizinchi oyatida Alloh taolo:«Bas, sen o‘zing bilan birga bo‘lganlar kemada qaror topsangiz», ya’ni «istivo qilsangiz», «chiqsangiz», degan.«Zuxruf» surasining o‘n uchinchi oyatida:«Toki, siz ularning ustiga o‘rnashgaysizlar, so‘ngra, ularning ustiga o‘rnashib olgach…» deb marhamat qilgan.Agar mana shu kabi «istava a’la» shaklida kelgan oyatlarning ma’nosini «chiqdi, o‘tirdi» deb tarjima qilsak, Xoliq subhanahu va taoloning zotiga loyiq bo‘lmay qoladi. Masalan, «Alloh taolo keyin paydo bo‘lgan» (Na’uzubillah!), deyishga to‘g‘ri kelib qoladi va bundan «keyin paydo bo‘lgan maxluqotlarga bog‘lanadi», degan ma’no, bundan esa «Arsh keyin paydo bo‘lgan, uni Alloh taoloning O‘zi xalq qilgan, ana shu O‘zi paydo qilgan narsaning ustiga O‘zi chiqib o‘tiradi», degan ma’nolar kelib chiqadi.Shu bilan birga, agar o‘tiradigan bo‘lsa, Alloh taolo jismdan iborat bo‘lib qoladi, chegaralangan bo‘lib qoladi, bir narsaning ustida yuradigan, bir narsaning ustiga chiqsa, o‘sha narsa Uni ko‘taradigan holga kelib qoladi.Shuning uchun bu kabi qur’oniy lafzlarga sirtdan, zohiran ma’no berishning hech qanday imkoni yo‘q, aks holda Alloh taologa nisbat berish mutlaqo mumkin bo‘lmagan ma’nolar kelib chiqadi.Musulmon ummatining avvalgiyu hozirgi barcha ulamolari ittifoq qilib, shunga o‘xshash oyatlarga sirtidan ma’no bermaslik kerak deganlar. Ak’ holda Alloh subhanahu va taoloning zotiga to‘g‘ri kelmaydigan gaplar chiqib qolishi mumkin. Shuning uchun buni qattiq kesib, to‘xtatish lozim bo‘ladi.ShU FIKRLARNI MULOXAZA KILIB BIR SAVOL TUGILDI.ILTIMOS ShU SAVOLGA JAVOB BERSANGIZ. Rosulullox s.a.w va saxobalar :ra va turtala imomlardan birortasi Raxmon Arshga istevo kildi oyatini tavil kilishmagan bulsa yani taviyli laib kilishmagan bulsyu biz endi bu ishni kilsak bu ishimiz bilan ular dinni bilishmaganu mana biz bildik eki Allox :jj Bugun sizlarni diningizni komil kildim degan suzi ELGON kabi manolar kelib chikib kolishidan kurkishimiz kerakmasmi?YaNI DIN KOMIL-TAVIL KILIShMAGAN PAYGAMBAR VA SAXOBALAR AMMO BIZ TAVIL KILSAK DEMAK DIN KOMIL BULMAGAN BUNDAN KELIB ChIKADI BUGUN MEN SIZLARNI DINIGIZNI KOMIL KILDIM DEGAN OYaT ELGON.NAUZUBILLAX.shu MANTIKIY muloxazalarga javob bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisi ham, salaflar ham, xalaflar ham to‘g‘ri. Buni ikki – uch kun oldin shu saytda javob ravishda berdik. Topib o‘qing. Har kishiga alohida javob berishga imkon yo‘q.

27 Май 2022, 04:32 | Савол-жавоблар | 139 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar