Xikmat kalimasi ma’nosi xususida
Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatuxu. Muxtaram Xazrat, “Alloxning xikmati” degan iborani ko‘p uchratamiz. “Hikmat” so‘zining ma’nosini batafsilroq yoritib bersangiz. Uni qanday tushunmoq lozim: banda uchun bu yashirin, chuqur va katta ma’noni uchratganda undan aqliy lazzat olinadigan, ma’nafiy-ma’rifiy qanoat hosil qiladingan yoki xukmiy echim topishdan xuzurlanadigan narsami, yoki Allohning bir sifatiga ishora qiluvchi, uning ma’noli va mantiqli yaratuvchiligiga dalolat qiluvchi katta bir ma’noli to‘plammi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Allohning hikmati degani, U zotning barcha narsalarni o‘z o‘rniga qilishidir.Hikmat. (حكمة) Ma’no: u kishidagi malaka bo‘lib, gap va ishning hammasini o‘z joyida, kamchiliksiz ado etishni bildiradi. Ayni choqda, Payg‘ambarlarning sunnatlariga ham hikmat deyiladi. «Hikmat», aslida, har bir narsani o‘z joyiga yaxshilab qo‘yishdir. Shu boisdan ham, har bir gapni to‘g‘ri so‘zlash va har bir ishni to‘g‘ri bajarishga «hikmat» deyiladi.
27 Май 2022, 05:14 | Савол-жавоблар | 191 | Aqiyda