Ro‘zadorni misvok tutishi
muhtaram ustoz.Ramazon oyi kirishi bilan sizni va jami musulmolarni tabriklayman.Ma‘lumki hanafiy va molikiy mazhablari ro‘za tutgan odamga kun davomida misvok tutishni joiz deyishgan.Shofiy va hanbaliy mazhabi ro‘zador zavoldan keyin misvok tutmagani afzal,chunki hadisi sharifga binoan uni og‘zidan chiqgan hid Alloh taologa mushku anbardan ham mahbubroq bo‘ladi.Bu hid esa zavoldan keyin chiqadi.Shu hidni ketkazmaslik uchun zavoldan keyin misvok tutmagan afzal deyishadi shofiy va hanbaliy mazhabi ulamolari,ammo nima bo‘lganda ham hamma ulamolar ro‘zador odamni misvok tutishi joiz deyishgan.Shu mavzudan sizga bir necha savollarim bor edi.Iltimos javob bersangiz.1.Ma‘lumki misvok tutganda tishdan tashqari til usti,yoni va osti hamda lung va milklar ham,ya‘ni og‘izni barcha qismi misvok bilan ishqalanadi.Bunday qilish ro‘za tutgan odamga joizmi?2.Ma‘lumki misvok "Arok" darahtini ildizi bo‘ladi.Uni esa ta‘mi bo‘ladi.Bu ta‘m ro‘zadorga zarar bermaydimi?Agar bu ta‘mni so‘lak bilan yutib yuborsa ro‘za buzulmaydimi?3.Misvok ishlatganda uni mayda qismlari og‘izda qoladi.Ularni ro‘zador yutib yuborsa ro‘zasi buzulmaydimi? 4.Rasuli akram s.a.w misvokni madh etib ko‘p hadislar aytganlar.Hususan ro‘zadorni qiladigan eng yahshi ishi misvok tutish degan ma‘nodagi hadisi shariflarini ham o‘qigan edim.Shuning uchun ro‘za tutgan odam faqat tahorat vaqtida emas balki boshqa vaqtlarda ham kunduzi tez-tez misvok ishlatib tursa bo‘ladimi?Javoblaringiz uchun oldindan tashakkur.Alloh taolo hayringizni bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘rt mazhabda ham, bir oz mulohaza ila, ro‘zador misvok qilsa bo‘ladi deyilganini o‘zingiz yozib turib, shu savollarni berishingiz joiz bo‘ladimi?
27 Май 2022, 05:17 | Савол-жавоблар | 182 | Ro‘za
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘rt mazhabda ham, bir oz mulohaza ila, ro‘zador misvok qilsa bo‘ladi deyilganini o‘zingiz yozib turib, shu savollarni berishingiz joiz bo‘ladimi?
27 Май 2022, 05:17 | Савол-жавоблар | 182 | Ro‘za