G‘ayridinlar va biz

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu. Shayx hazratlari men madrasa tolibasiman. Meni anchadan beri bir savol qiynaydi. Ma’lumki, bizning yurtimizda diniy bag‘rikenglikka e’tibor katta va deyarli har bir mahallada ruslar bor. Ular "Pasxa" bayramini nishonlashadi, bizga esa bayram uchun tayyorlangan har xil shirinliklar olib chiqishadi, ularni olsak mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh o‘z panohida asrasin. Amin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aynan diyniy e’tiqodga oid narsa bo‘lsa, bo‘lmaydi. Qolganlari bo‘ladi.

27 Май 2022, 05:22 | Савол-жавоблар | 161 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar