Farishtalar qalbdagi narsalarni biladilarmi?

Assalamu alaykum Shayx hazratlari, Farishtalar qalbdan o‘tayotgan narsalarni, tilda emas faqat qalbda qilingan niyat va duolarni bilmaydilarmi, buni Allohdan boshqa xech kim bilmaydimi? Bir birodar Farishtalar bularni bilmaydilar, shuning uchun Ularni guvoh qilishlik maqsadida maxfiy namozlarni pichirlab o‘qish kerak, deb aytdi. Iltimos javob bering.Assalamu alaykum
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo namozni farishtalar uchun o‘qilmaydi. Duoni ham ular uchun qilinmaydi. Faqat namozdagi maxfiy qiroat deganda qiroat qiluvchi o‘zi eshitadigan va boshqa eshitmaydigan darajada bo‘lishi qoidada bor.

27 Май 2022, 05:35 | Савол-жавоблар | 162 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar