XIYLAI ShAR’IY

Assalomu Alaykum Va Roxmatulloxi Va Borakotuxu Xurmatli Shayx Xazratlari. XIYLAI ShAR’IY xakida shari’at nima deydi.Shu ish joizmi.Xiylai shar’iy, shari’atni aldashmi ma’nosi?Bu Xiylai shar’iyga kaysi amallar kiradi?Ustoz batafsil javob bersangiz iltimos!Allox rozi bulsin sizdan omiyn Alloxu akbar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hiylai shar’iy deganda gunohdan qutilib qolish yoki haqqa erishish uchun o‘ylab topilgan uslublar tushuniladi. Misol uchun, bir kishi otdan tushsam xotinim taloq bo‘lsin, dedi. Keyin o‘zi og‘ir holatda qoldi. Uni faqihning huzuriga olib borishdi. Faqih, bu odamni oti bilan daraxt oldiga olib boringlar, otdan daraxga o‘tsin va erga tushsin, dedi. Shu bilan haligi odamning xotini taloq bo‘lmasligi uchun shar’iy hiyla topildi. Shu kabi gunohdan asranish va haqqa erishish bobidagi hiylalar joiz.- Ammo gunohga va nohaqlikka sabab bo‘ladigan hiylalar joiz emas. Misol uchun, bir kishi jamoat namoziga borishdan qochib sarmsoq eb olsa, gunohkor bo‘ladi.

27 Май 2022, 05:36 | Савол-жавоблар | 186 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar