EMIKDOShLIK (takroriy savol)

xurmatli MUXAMMAD SODIK MUXAMMAD YuSUF xazratlari. Iloxim OLLOX TAOLLO umringizni uzok,ilmingizni bundanda ziyoda aylasin. sizga bir muammoli savolim bor edi. Menga bir bola uylanmokchi. lekin meni opam u bolaning onasini anik emgan, u bolani xam meni onamlar emizgan bulishlari extimoli bor,ammo bu anik emas, anikrogi yigitning kancha mikdorda emganligi nomalum. Meni xam u bolani xam onasi buni eslay olmayapdilar. Xech kanday karindoshlik tomonimiz yuk. Shunaka bulsa xam biz bir-birimizni sevamiz. Yana bir narsani aytib utmokchi edim shayx xazratlari, men "AYoLLARGA OID ENG ZARUR FIKXIY MASALALAR 1" kitobidan bir malumotni ukidim: "Orada sut maxramligi sobit bulishi uchun sutning me’daga etadigan mikdorda emilishi kifoyadir. Kukrakdan emish shart emas, sogib olib, emizik yoki koshik bilan ichirilishi xam mumkin. Muximi sutning me’daga tushishidir." Savolim: 1. Shu kitobdagi malumot tugrimi?2. Agar tugri bulsa, taxminan kancha mikdorda emganida emikdoshlik sobit buladi, yani medaga tushadi?3. Turmush kursak buladimi? Bu savolning javobi biz uchun juda muxim. Javobingizni intizorlik bilan kutamiz! OLLOX SIZDAN ROZI BULSIN ShAYX XAZRATLARI, JAVOBINGIZ UChUN OLDINDAN KATTA RAXMAT!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo, gunohkor bo‘lib qolmaslik uchun shariatimizning hukmini bilishga va unga amal qilishga harakat qilayotganingiz uchun tashakkur. Bu sizlarning baxtingiz hamdir. Begona ayolni emish tufayli halol haromga bog‘liq o‘ta ahamiyatli hukmlar kelib chiqadi.Odatda emizishlik masalasi asosan hadis va fiqh kitoblarimizda doimo nikohga qo‘shib zikr qilinadi. Biz sharh qilayotgan «Muxtasari Viqoya»da ham shundoq bo‘lgan.Emizishlik faqat ikki yarim yil ichida bir so‘rishlik bilan sobit bo‘ladi.Bu muddatni Alloh taolo Qur’oni Karimda: «Va uning homilasi va ko‘krakdan ajratishi o‘ttiz oydir», (Ahqof:15) degan oyat bilan belgilab qo‘ygan. Bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhning ijtihodlari.Ammo imom Abu Yusuf va Muhammadlar ikki yil deganlar. Ularning dalili «Volidalar bolalarini ikki to‘liq yil emizurlar. Kim emizishni batamom qilishni xohlasa», degan oyatdir.Xuddi shu ma’no Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir necha hadisi shariflarida ham ta’kidlangan. Demak, bola ikki yoshidan keyin emsa, shar’iy emizish sobit bo‘lmaydi.Agar bola onangizni bir marta emgan bo‘lsa ham turmush qurib bo‘lmaydi.

27 Май 2022, 05:40 | Савол-жавоблар | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar