Kelinning uyidagi oshning "halol" yoki "harom" ekanligi haqida

Muhtaram Ustoz, ayibga buyurmaysiz agarda savol noo‘rin bo‘lsa. Bu savolni berilishiga sabab bir domlaning fatvosi qattiq ta‘sir qilib egan oshlarning ko‘z oldimizga kelishi bo‘ldi.Agar o‘sha fatvo berilgan majlisda men xozir bo‘lganimda, qanday hadis asosida va qanday ijtihod bilan shunday fatvo berilayotganini tolaligicha bilib olardim. Afsus tanishimiz bolgan va u ham bu ma‘lumotlarni olishga iymangan.Xullas kelinning uyiga borib osh eyishni usha domla harom debdilar. Xadislar asosida etibdilar. O‘zi etilgan to‘ylarga faqat kuyov navkarga borib kifoyalanayotgan davrda fatvo og‘ir keldi.Boshqa domladan so‘ralgandi: "agar kuyov kelinning uyiga oshni homini yuborgan bolsa joiz" dedilar.Ba‘zi birodarla iltimosi va ozimning xolatimdan kelib chiqqan xolda, sizdan iltimos qilaman, shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz. Raxmat, Jazakallohu xoyron.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ayolning eridagi muomalaviy huquqlari, ya’ni, erning zimmasidagi, xotini oldidagi odoblaridan biri to‘y qilishi bo‘lib, u ish mustahabdir.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhuda sariqlik alomat ko‘rib: «Bu nima?» - dedilar.«Yo Allohning Rasuli, danak og‘irligidagi tilloga bir ayolga uylandim», - dedi u.«Alloh senga baraka bersin! Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgin», - dedilar». Beshovlari rivoyat qilgan.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z ayollaridan birortasiga Zaynabga valiyma qilgandek valiyma qilmadilar. Unga bir qo‘y ila valiyma qildilar».Uchovlari rivoyat qilgan.Muhammad ibn Hotib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Nikohda harom bilan halolning orasini ajralishi childirma va ovozdir», dedilar».Nasaiy va Termiziy rivoyat qilishgan.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Bu nikohni e’lon qilingiz, uni masjidlarda o‘tkazingiz, uning uchun childirmalar chalingiz», - dedilar».Ahmad va Termiziy rivoyat qilishgan.Omir ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Qurazata ibn Ka’b va Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhumolarning oldilariga bir nikoh to‘yida kirdim. Qarasam, joriyalar qo‘shiq aytishmoqda.«Ikkovingiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari bo‘lsangiz, ahli Badrlardan bo‘lsangiz, huzuringizda shunday ish bo‘lib turishi nimasi?» dedim.«Xohlasang, bizlar bilan o‘tirib eshit. Xohlasang, jo‘nab, ketaver. Batahqiq, bizga nikoh to‘yida ko‘ngilxushiga ruxsat berilgan», dedilar ikkovlari.Nasaiy va Hokim rivoyat qilishgan.Lekin siz aytgan kabi, harom degan gap yo‘q.

27 Май 2022, 05:52 | Савол-жавоблар | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar