folbinmi eki tabib

Assalomu alaykum shayx xazratlari. Sizga bir savol bilan murojaat kilmokchiman. Men andijonda yashayman , eshim 28 da. Onam bemor bulib koldi, bir kushni ael tanish tabibiga borishimizni maslaxat berdi aytishicha oegi ogrib yurolmay kolganida davolagan ekan. Usha tabibga onamni olib bordim. U tabib 60 eshlardagi ael ekan .Xech kanday dori darmonsiz davolaydi ekan. Bemorlar bitta bittadan oldiga kirishadi u ael bemorni tomirini boshini beli xamda kornini ushlaydi sungra ikki soatdan kegin kiring deydi.Ikki soatdan kegin xam xuddi shunday kuradi . Uch kun mobaynida xuddi shunday kuradi va turtinchi kuni operattsiya kiladi . 15 ta odamni aloxida aloxidadan enbosh etkizadi va boshidan oegigacha ok latta bilan urab koyadi , 2 soat bemorlar shu xolda etishadi ,u ael olloxdan shifo suranglar deydi . U aelni aytishicha KIMLARDIR kelib operattsiya kilar ekan lekin ochik oydin ruxlar eki jinlar demaydi . Shundan sung tabib ael bemorlarga kuchli ovkatlar va ogir ishlar kilmasliklarini tayinlab xar xaftada bir marotaba kelib turishlarini aytadi . Onam sogayib ketdi ,shundan sung men va aelim birga bordik davolanishlik uchun. Bir kun bir marosimga bordim , usha erda bir axl-ilm odam mas’ala kilaetgan ekan ,shu ael xakida u odamdam suradim . Domla aydi u ael tabib emas folbin ekan , jinlarni uziga buyin sundirib olgan ekan ,u aelni oldiga borib davolangan odam kofir va xotini talok buladi dedi . Bu gapni eshitib kurkib ketdim va siz olimrok bulganligingiz uchun sizga murojaat kilishga jazm kildim. U ael folbinlikni da’vo kilmaydi , kelajakdan xabar bermaydi , odamlarga zarar keltirmaydi . Muxtaram shayx xazratlari shu aelni oldiga davolangani borgan odam kofir va xotini talok buladimi . Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U ayol folbinlik qilmasa, siz aytgan narsalar bo‘lmaydi. Ayniqsa, uning kimligini bilmay borib qolganlar. Lekin qilayotgan ishlari to‘g‘ri emas. Kimdir kelib jarrohlik qiladi deyishi mutlaqo to‘g‘ri emas. Bundan keyin bormanglar.

27 Май 2022, 05:55 | Савол-жавоблар | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar