Bu ishlar xato emasmi?
Shayh Hazratlari. Adamiz bir ibodatga qattiq berilgan kishi bilan tanishgandilar. U kishining ba’zi harakatlari bizga g‘ayri oddiy tuyulmoqda. Masalan, ular adamiz va oyimizni "o‘qib qo‘ydilar" va endi 3 kun davomida ovqat emaysiz va (oyimizga) ko‘chaga chiqmaysiz, dedilar. Qolaversa "o‘qish" vaqtida maxsus olib qo‘ygan tuz, choy va hkz...larnigina tanovul qilishga hamda non eyishga ruxsat berdilar. U kishiga bo‘lgan ixloslari tufayli Oyimiz (o‘t pufaklari jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanganligiga qaramasdan) ovqat emayaptilar. Yana u kishi ehson qilingan ovqatlarni emas ekanlar; Allohdan boshqaga sen deb murojaat qilishni ta’qiqlarkanlar. Yuqoridagilar ular targ‘ib qilayotgan fikrlarning ba’zilariga bo‘lib Sizning qimmatli vaqtingizni olishdan hamda savolimning javobsiz qolishidan qo‘rqib iloji boricha qisqartirdim. Ota-onam u kishiga qattiq ixlos qilganlaridan barcha maslahatlaria amal qilishmoqda. Bu ishlar xato emasmi? Savolimdagi ilmsizliklarni afv uchun afv qiling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ishlar xato.
27 Май 2022, 05:56 | Савол-жавоблар | 177 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ishlar xato.
27 Май 2022, 05:56 | Савол-жавоблар | 177 | Halol va harom