Arablarning Mavarounnahrni fath qilishi

Assalamu alaykum, Shayx hazratlari. Ba’zi birodarlar bilan Mavarounnahrning fath qilinishi masalasida biroz "tortishib" qoldik. Ular yurtimizga arablar bosqinchilik yo‘li bilan kelishgan, aniqrog‘i "bostirib kelishgan" deyishyapti. Aytishlaricha bu tarixiy fakt ekan. Men bu gaplarni hazm qila olmayapman. Shu masalani yoritib bersangiz, iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu Islom dushmanlarining gapi. Dushmanlar Islomdagi fatx xarakatini boskinchilik xarakati, boshka yurtlarni bosib olish, boyliklarini o‘zlashtirish, xalklarni kul kilish, deya baxolaydilar. O‘lkamizning xakikiy boskinchilari bo‘lmish kofirlar bu xarakatni «Arab istilosi» deb nomlaganlar. Ularning aytishicha, arablar bostirib kelib xammayokni o‘zlariniki kilib olganlar. Kishilarni majburan Islomga kiritganlar. Islomni kabul kilmaganlarni o‘ldirganlar yoki katta solik solganlar.Islomiy fatxlarni «Arab istilosi» deyish noto‘gri ekanligini dushmanlarning o‘zlari xam biladi, ammo Islomga karshi nimadir o‘ylab chikarish kerak bo‘lgan. Natijada, shu ibora o‘ylab topilgan. Chunki fotixlar ichida arab emaslar xam ko‘p edi. Shu bilan birga, ularning xarakati xech kachon istilo bo‘lmagan. Musulmonlar kaerga borsalar, dinga da’vat kilish uchun, adolat o‘rnatish uchun borganlar. O‘sha erlarning axolisi bilan aka-uka bo‘lib yashab kolganlar. Musulmonlar xech bir yurtning molu mulkini talab olib ketmagan. Kishilarni Islomga kirishga majbur xam etmagan. Ularning muomalasi mustamlakachilarning noma’kul muomalasiga mutlako o‘xshagan emas. Buni insofli ajnabiy tarixchilar va olimlar xam takror-takror kayd etganlar. Mashxur olim Tomas Orlandning «Islomga da’vat» kitobida bu xakikatni tasdiklaydigan ko‘pgina xujjatli dalillar keltiriladi.Yaxshisi, bu masalani saxobalarning o‘zidan so‘rash kerak. Tarixda shunday bo‘lgan xam. Saxobai kiromlar Sa’d ibn Abu Vakkos roziyalloxu anxu boshchiliklarida o‘sha davrdagi ikkita katta imperiyaning biri Fors davlati chegarasiga kelib tushdilar. Bundan xabar topgan Fors davlati Rustam ismli lashkarboshi raxbarligida tayyorgarligini ko‘rib ko‘ygan edi. Rustam musulmonlar tomon o‘z elchilarini yubordi. Fors elchilari musulmonlarning boshligini topolmay ancha vakt ovora bo‘lishdi. Chunki Sa’d ibn Abu Vakkos roziyalloxu anxuning aloxida ajratilgan joyi xam, kiyimi xam yo‘k edi. U kishi lashkarlari bilan aralashib yurar edilar. Elchilar u kishini odamlar orasidan topdilar. O‘zlarini tanishtirgan elchilar Fors davlati raxbarlari musulmonlar vakili bilan gaplashmokchi ekanligini bildirishdi. Sa’d ibn Abu Vakkos orkalariga shunday karagan edilar, erda yonboshlab yotgan, yupun kiyingan Rib’iy ismli saxobaga ko‘zlari tushdi. Unga: «Sen bular bilan borgin, boshliklari bizning vakilimiz bilan gaplashmokchi ekan», dedilar. Rib’iy roziyalloxu anxu bir chapdast xarakat bilan nayzasiga tayanib ot ustiga sakrab mindi va elchilarga karab: «Ketdik», dedi. Elchilar lol bo‘lib turib koldilar. Bir juldurvoki kiyingan «vakil»ga, bir erda o‘tirgan «amir»ga karashdi. O‘zaro bir nimalarni gaplashdilar-da, nixoyat, kattalari Sa’d ibn Abu Vakkos roziyalloxu anxuga: «Bundan ko‘ra tuzukrok odam yo‘kmi?» dedi. Sa’d ibn Abu Vakkos roziyalloxu anxu:«Ichimizda tuzugimiz shu, vakil yuborishni sizlar so‘radingiz, biz emas», dedilar. Noiloj kolgan elchilar o‘sha vakilni olib, yo‘lga tushdilar. Karorgoxga yakinlashishlari bilan elchilar otdan tushib, ta’zim kilib yura boshladilar. Musulmonlarning vakili Rib’iy roziyalloxu anxu esa, ularning bu kulguli xollarini tomosha kilib, otdan tushmay kulib ichkariga kirdi. Ammo korovullar birdan yopirilib, uni ot ustidan tortib olishdi va uluglari oldiga ot minib borib bo‘lmasligini anglatishdi. Ammo u kishi boshini magrur tutib, nayzasini erga kadab-kadab keta boshladi. U xar safar nayzasini erga urganida, erga to‘shalgan bir yo‘lbars terisini teshar edi. Rib’iy roziyalloxu anxu to‘gri borib, taxtda o‘tirgan boshlikning yonidan joy oldi. Ammo xizmatkorlar darxol u kishini pastga o‘tirishga majbur etishdi. Shunda Rib’iy roziyalloxu anxu: «Bizga sizlar xakingizda, adolatli podshoxlaringiz xakida xabarlar borar edi. Xammasi bexuda ekan. Agar o‘zingizga o‘xshash bir odamga shunchalar ta’zim kiladigan bo‘lsangiz, bizga xech xam teng kela olmaysizlar», dedi. Forslarning kattasi tarjimonga:«Undan so‘ra-chi, nima uchun kelishdi ekan?» dedi. Rib’iy roziyalloxu anxu bu savol javobiga asrlar bo‘yi koida bo‘lib kolgan jumlani aytdi:«Allox taolo bizni bandalarni bandalarga ibodat kilishdan Alloxga ibodat kilishga, dinlarning jabridan Islomning adliga, bu dunyo torligidan u dunyo kengligiga chikarish uchun yubordi», dedi.Xa, musulmon fotixlar boshka yurtlarga foydalarini ko‘zlab emas, balki Alloxning amrini bajarish uchun borganlar. Ular dunyodagi insonlar kullikning turli ko‘rinishlaridan ozod bo‘lishi uchun kurashganlar. Er yuzida fakat Alloxning xukmi barkaror bo‘lishini istaganlar. Ular er yuzidagi biron kimsaga jabr va zulmni ravo ko‘rmaganlar. Xar kim xoxlagan dinini tanlab, Islom adolatidan foydalansin, deb xarakat kilganlar. Ular kaysi yurt tuprogiga kadam ko‘ysalar, oldin erli axoli orasida tushuntirish ishlarini olib borganlar. Chunki ularning vazifasi kishilarga Alloxning dini Islomni etkazish bo‘lgan. Ular xak dinga targib kila turib, musulmon bo‘l–salomat bo‘lasan yoki diningda kolmokchi bo‘lsang, jizya ber; unga xam, bunga xam ko‘nmasang, oramizda urush bo‘ladi, deyishgan.Musulmon fotixlar: «Biz tajovuzkor urush kilmaymiz, birovni dinimizga kirishga majbur xam etmaymiz. Biz fakat boshkalarni Islomga da’vat kilamiz, kim xoxlasa, mo‘min bo‘lsin, xoxlamasa, kofirligicha kolsin. O‘zining ishi. Fakat bizning yo‘limizni to‘smasin, boshkalarni da’vat kilishimizga xalakit bermasin. Islomga kirmokchi bo‘lganlarning xam yo‘lini to‘smasin. Bizning fikrimizcha, inson fakat musulmon bo‘lgandagina yolgiz Alloxga ibodat kilgan bo‘ladi. Bu xakikatni odamlarga etkazish bizga topshirilgan. Topshirikni ado etishimizga to‘sik bo‘lma! Kim betaraf bo‘lsa, marxamat, chetda tinch-omon turaversin. Lekin kim bizga karshi chiksa, da’vatga yo‘l bermasa, boshkalarning Islomni o‘rganishiga to‘sik bo‘lsa, u bilan urushishdan boshka iloj kolmaydi», deydilar. Musulmonlarga urush kilganlarga karshi urush kilinadi, xolos. Urush paytida Islomiy koida bo‘yicha kari kishilar, yosh bolalar, ayollar va ibodatxonalarga tegish mumkin emas. Shuningdek, kurol ko‘tarib chikmaganlar xam tinch koladilar. Agar Allox nusrat berib musulmonlar golib kelsalar, dushmanni kurolsizlantirib, ularning Islom soyasida tinch-omon yashashlari joriy kilinadi. Urushmasdan dastlabki da’vatdayok o‘z dinida kolib, jizya berishni ixtiyor etganlar xam musulmonlar bilan birga tinch-omon yashayveradilar.Jizya odamlarni kiynash uchun joriy kilingan solik emas. U xar bir boshga majburiy xam emas, balki kodir kishilardan ma’lum mikdorda olinadigan to‘lovdir. Birinchidan, jizya Alloxning diniga da’vat kilishning yo‘lini to‘smaslik, karshi turmaslik alomati sifatida beriladi.Ikkinchidan, jizya bergan shaxsni musulmonlar ichki va tashki dushmanlardan ximoya kiladilar. Uning o‘zi, molu mulki va oila a’zolarining ximoyasini o‘z zimmalariga oladilar. Jizya to‘lagan kishi xarbiy xizmatdan va boshka safarbarliklardan ozod kilinadi.Uchinchidan, jizya to‘lagan kishi musulmonlar takdim etadigan ommaviy-ijtimoiy ta’minotlardan foyda oladi. Ular kurgan ko‘prik, yo‘l, bozor va boshka narsalardan foydalanadi. Kariganda, keksalik nafakasi oladi.To‘rtinchidan, jizya olgandan so‘ng musulmonlar yukorida zikr etilgan ishlarni bajara olmasalar, jizyani kaytarib egasiga topshiradilar.Umuman, jizya masalasiga tuzukrok nazar solinsa, uni xar kim o‘zi uchun berishi ayon bo‘ladi. Xuddi shu ma’noda musulmonlar xam zakot-ushur va boshka yo‘llar bilan o‘z xissalarini ko‘shadilar.Islomdagi jizyaning adolatini yanada yaxshi tushunish uchun uni tankid kilib, adolatsiz deganlardan birining muomalasiga nazar solaylik.Kommunistlar o‘z foydalarini ko‘zlab, kishilarni aldash uchun ba’zi diniy tashkilotlar tuzgan edilar. Bu tashkilotlarda fakat ular ixtiyor kilgan kishilar ishlashiga karamasdan, o‘sha tashkilotlarga xam, ularda ishlovchilarga xam misli ko‘rilmagan ogir soliklar solinar edi. Ba’zi bir maishiy xizmatlar uchun diniy tashkilot va xodimlar tomonidan to‘lanadigan xak xam boshkalar to‘laydigan to‘lovlardan ortikcha edi. Buning ustiga, ular diniy ishda ishlagan vatandoshlarga xar kanday nafaka berishdan, jumladan karilik nafakasi berishdan mutlako bosh tortar edilar.Xulosa kilib aytilganda, Xudoga ishongan odam kommunistlarga xak to‘lab ishonishi kerak edi. Shu xollariga ularning boshkalarni tankid kilishlariga xayronsan.

27 Май 2022, 06:24 | Савол-жавоблар | 176 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar