Yoshi katta insonning tavbasi
Assalomu alaykum! Bir inson hayotida juda ko‘p gunohi kabiralarni qilsa, jumladan zino, ribo kabi gunohlarni hayoti davomida qilib kelsa va yoshi ellikdan o‘tgan bo‘lsa hali ham tavba qilishga imkoni bormi? Bu inson Allohning marhamatidan umid qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta umid qilish kerak. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ اللهَ يَقْبَلُ تَوْبَةَ الْعَبْدِ مَا لَمْ يُغَرْغِرْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Modomiki banda g‘arg‘ara holiga borib qolmagan bo‘lsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qiladi», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.
Sharh: Jon halqumga kelmasdan avval tavba qilib qolmoq lozim. Undan keyin kech bo‘ladi.عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ اللهَ يَبْسُطُ يَدَهُ بِاللَّيْلِ لِيَتُوبَ مُسِيءُ النَّهَارِ، وَيَبْسُطُ يَدَهُ بِالنَّهَارِ لِيَتُوبَ مُسِيءُ اللَّيْلِ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ مِنْ مَغْرِبِهَاAbu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Alloh to quyosh mag‘ribdan chiqqunicha kunduzi gunoh qilganlar tavba qilishlari uchun kechasi qo‘lini yozadi va kechasi gunoh qilganlar tavba qilishlari uchun kunduzi qo‘lini yozadi», dedilar».
Sharh: Demak, qiyomat qoim bo‘lguncha kechasiyu kunduzi Alloh taolo bandalarning tavbasini qabul qiladi. Banda o‘zidan kamchilik o‘tganini sezishi bilan vaqtini surishtirmay, tavbaga shoshilmog‘i darkor.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ تَابَ قَبْلَ أَنْ تَطْلُعَ الشَّمْسُ مِنْ مَغْرِبِهَا تَابَ اللهُ عَلَيْهِ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kim quyosh mag‘ribdan chiqmasdan turib tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi», dedilar».
Ikkisini Muslim rivoyat qilgan.
Sharh: Hech ham tavba qilishdan qolmaslik, tavbam qabul bo‘larmikan, deb ikkilanmaslik kerak.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ مِنْ مَغْرِبِهَا فَإِذَا طَلَعَتْ آمَنَ النَّاسُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ، فَيَوْمَئِذٍ لَا يَنْفَعُ نَفْسًا إِيمَانُهَا لَمْ تَكُنْ آمَنَتْ مِنْ قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِي إِيمَانِهَا خَيْرًا. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Quyosh mag‘ribdan chiqmaguncha qiyomat qoim bo‘lmas. U (o‘sha yoqdan) chiqqanida odamlarning hammasi iymon keltiradi. O‘sha kunda biror jonga, agar u bundan oldin iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan bo‘lsa, uning iymoni naf bermas», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Shuning uchun barcha narsani, jumladan, tavbani ham o‘z vaqtida qilib qolish lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Май 2022, 20:55 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar