Onadan so‘kkan odam

Assalomu alaykum! Onadan so‘kkan odamni nima qilish kerak? U odamni urishga xaqlimizmi, ursak bizga gunox yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! So‘kkan odamni urishga haqqingiz yo‘q. Birovlarni ota-onasini so‘kishdan saqlanish kerak. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ «إِنَّ مِنْ أَكْبَرِ الْكَبَائِرِ أَنْ يَلْعَنَ الرَّجُلُ وَالِدَيْهِ». قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، وَكَيْفَ يَلْعَنُ الرَّجُلُ وَالِدَيْهِ؟ قَالَ: يَسُبُّ الرَّجُلُ أَبَا الرَّجُلِ، فَيَسُبُّ أَبَاهُ، وَيَسُبُّ أَمَّهُAbdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kabiralarning kattalaridan biri – kishining ota-onasini la’natlashidir», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, qanday qilib kishi o‘z ota-onasini la’natlaydi?» deyildi. «Kishi birovning otasini so‘kadi, shunda u ham buning otasini so‘kadi, onasini so‘kadi», dedilar».
Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

30 Май 2022, 15:15 | Савол-жавоблар | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar