Hijobda soch yig‘ish haqida

Assalomu alaykum! Bir dugonamning akasi sochini hijob ostida bilinmay turishi kerakligini aytgan. Uning aytishicha bilinmasligi uchun yoki sochini yoyib qo‘yishi yoki qirqishi kerak ekan. Dugonam universitetda o‘qiydi, o‘qishimiz uzun oyoqqacha tushib turadigan ro‘molga ruxsat bermas ekan: shuning uchun ro‘mol ostida sochini yoyib ham o‘rib ham qo‘yolmaydi. Man soch qirqish gunoh ekanligini eshitgandim. Shuning uchun sochini qirqmasligini aytyappan. Dugonam bunday holatda nima qilishi joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dugoningizni akasi noto‘g‘ri gapirgan yoki sizlar noto‘g‘ri tushunib olgansizlar. Dinimizda “bilinmasligi uchun yoki sochini yoyib qoyishi yoki qirqishi kerak” degan gap yo‘q. Bosh va bo‘yin atrofiga yig‘ib olsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Май 2022, 15:45 | Савол-жавоблар | 205 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar