Amaki va holaga yaxshilik
Assalomu alaykum! Ota-ona olamdan o‘tgan bo‘lsa, amaki holaga qilingan yahshiliklar ota onaga qilingan yahshilikcha bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otasi vafot etganidan keyin musulmon farzand otasining aka-ukalarini xuddi otasini e’zozlagandek e’zozlashi, ularni ota o‘rnida ko‘rishi lozimligi shariatimizning ko‘rsatmasidir. Bu haqda kelgan shariat ta’limotlari Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadislarida va ulug‘larimizning so‘zlarida o‘z ifodasini topgan.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Umar Abbosning sadaqasi haqida gapirgan edi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga: «Kishining amakisi otasi kabidir», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Abbos Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakisidir. Kishining amakisi esa otasi kabidir yoki otasining aslidandir», deyilgan.
Amaki ota o‘rnida bo‘lishi qadimdan mavjud bo‘lgan tushunchadir. Islom dini esa qarindoshchilik aloqalarining yaxshi bo‘lishiga qanchalik katta ahamiyat bergani ma’lum va mashhur. Albatta, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amakilariga bo‘lgan oliymaqom munosabatlari iymon va Islom asosida bo‘lishi ham ma’lum va mashhur.
Sobitdan rivoyat qilinadi:
«Umar ibn Xattob: «Kim otasiga o‘limidan keyin silai rahm qilmoqchi bo‘lsa, uning aka-ukalariga silai rahm qilsin», dedi».
Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.
Ota vafot etib ketdi. Bola o‘tib ketgan otasiga silai rahm qilmoqchi. Agar u otasining aka-ukalariga – amakilariga niyat bilan yaxshilik qilsa, xuddi otasiga yaxshilik qilgandek bo‘ladi. Chunki odatda amakilar doimo jiyanlardan katta bo‘ladilar.
Zotan, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Otasi yo‘qning otasi amakisidir», deganlar.
Demak, ota yo‘q paytida amaki otaning o‘rniga qoladi. Shuning uchun amakilarni ehtirom qilish, ularning duosini olish, ularga yaxshilik, ehson va silai rahm qilish xuddi otaga qilgan yaxshiliklar o‘rniga o‘tar ekan.
Sobit Bunaniydan rivoyat qilinadi:
«Bizga Umar ibn Xattobning «Kim otasi qabrdaligida silai rahm qilishni istasa, otasining aka-ukalariga silai rahm qilsin», degani etgan».Ibn Hibbon va Bag‘aviy rivoyat qilishgan.
Qarang, ota-ona dunyodan o‘tib ketgandan keyin ham farzandlarda ularning haqlari qolar ekan. Farzand qabrida yotgan otasiga ham yaxshilik qilishi mumkin bo‘lib, buning uchun u otasining aka-ukalariga yaxshilik qilishi etarli ekan.
Yuqorida amaki ota o‘rnida bo‘lishi, ota vafot etganidan keyin amakini ota o‘rnida ko‘rib, uni e’zozlash lozimligi hadislar, rivoyatlar misolida aytilgan edi. Endi esa dinimiz ta’limotlari asosida xola ona o‘rnida bo‘lishi, uni xuddi onani hurmatlagandek hurmat qilish, ehtirom ko‘rsatish kerakligi haqida so‘z boradi.Abu Bakr ibn Hafsdan rivoyat qilinadi:
«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U gunoh qilgan edi. U zot:
«Onang bormi?» dedilar.
«Yo‘q», dedi.
«Xolang bormi?» dedilar.
«Ha», dedi.
«Bor! Unga yaxshilik qil!» dedilar».
Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.Ya’ni ona bo‘lmasa, xola ona o‘rnida bo‘lar ekan. Ona yo‘q paytda xolani onaning o‘rnida ko‘rish, onadan so‘raladigan duoni undan so‘rash, onaga qiladigan yaxshilikni xolaga qilish lozim bo‘ladi.
Gunohga botib qolib, «Nima qilsam, gunohim mag‘firat qilinadi?» degan haligi odamga Rasululloh solallohu alayhi vasallam xolasiga yaxshilik qilishni buyurganlari shunga dalolat qiladi.Abu Bakr ibn Hafsdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan xuddi avvalgi hadis rivoyat qilingan, faqat «Katta gunoh qildi», degan ibora bor».
Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.«Xolam bor», degan o‘sha odam juda katta gunoh qilgan ekan. Ushbu rivoyatda qilingan gunohning kattaligi alohida ta’kidlab aytilmoqda.
Ya’ni gunohi oddiy gunoh emas ekan. Katta gunohni qilib qo‘yib, Rasululloh solallohu alayhi vasallamdan: «Nima qilay, qanday qilsam, gunohim kechiriladi?» deb so‘rabdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Onang bormi?» deb so‘rabdilar. «Yo‘q», degan ekan, «Xolang-chi?» debdilar. «Ha, xolam bor», debdi. Shunda: «Xolang bo‘lsa, unga yaxshilik qil, duosini ol, shoyadki Alloh gunohingni kechib yuborsa», degan ma’nodagi gapni aytibdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning otasi yo‘qligini bilganlar, shuning uchun u haqda so‘ramaganlar. Chunki bilib turib, so‘rash mumkin emasligini u vaqtlardagi odamlar yaxshi tushunishgan.
Bu rivoyatdan birovni o‘ldirib qo‘ysa-yu, otasi yoki onasi bo‘lmasa, xolaning roziligini topish bilan gunoh yuvilib ketar ekan, degan xayolga borish kerak emas. Bu gunohni qilgan odamga shariatda odam o‘ldirganga belgilangan chora ko‘riladi. Ammo gunohini to‘liq yuvish uchun onasi bo‘lmasa, xolaning roziligini olish tavsiya qilingan.Zuhriydan rivoyat qilinadi:
«Bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Otasi yo‘qning otasi amakisidir. Onasi yo‘qning onasi xolasidir», deganlari etdi».
Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.
Demak, ota yo‘q paytida amaki otaning o‘rnida qolishi, ona yo‘q paytida xola onaning o‘rnida qolishi hadisda ochiq-oydin aytilmoqda. Shuning uchun amakilarni, xolalarni ehtirom qilish, duosini olish, ularga yaxshi ehsonlar, silai rahm qilish ota-onaga qilgan yaxshiliklar, itoatlar o‘rniga o‘tar ekan. “Keksalarni e’zozlash” kitobidan. Vallohu a’lam!
30 Май 2022, 17:35 | Савол-жавоблар | 172 | Boshqa ibodatlar