Mo‘minning o‘limi

Assalomu alaykum! Farishtalar mo‘minning jonini qil sug‘urgandek oson tortib oladilar deb eshitganman, Nazi’aat Surasining 2 - oyati Tafsirida ham shu haqida o‘qidim lekin Payg‘ambarimiz Rasululloh (S.A.V) ning o‘lim oldidan juda qattiq isitmalaganlari, hamda qiynalganliklaridan Jabroil Alayhissalomning o‘girilib qaramay turganlari haqida ham eshitganman. Shu joyini tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlari davomida turfa qiyinchiliq mushkulliq dushmanlari tarafidan ko‘plab aziyat va haqoratlarni ko‘rganlar, ularga sabr qilganlar, bu uchun ajr olib, darajalari yanada yuqori bo‘lgan. O‘lim oldidan qiyinchilik va shiddatni boshdan o‘tkazganliklari ham U zotning sabr ila darajalari yanada oshishi uchundir. Toinki u zot sabrda biz ummatlari uchun o‘rnak bo‘ldilar. عن عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قالت : " إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ بَيْنَ يَدَيْهِ رَكْوَةٌ فِيهَا مَاءٌ ، فَجَعَلَ يُدْخِلُ يَدَيْهِ فِي المَاءِ ، فَيَمْسَحُ بِهِمَا وَجْهَهُ ، وَيَقُولُ : ( لاَ إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ ، إِنَّ لِلْمَوْتِ سَكَرَاتٍ ) ، ثُمَّ نَصَبَ يَدَهُ فَجَعَلَ يَقُولُ: ( فِي الرَّفِيقِ الأَعْلَى ) حَتَّى قُبِضَ وَمَالَتْ يَدُهُ " .Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilarida ichiga suv solingan teri cho‘mich [Umar “yoki yog‘och cho‘mich”, deb ikkilandi] bor edi. U zot qo‘llarini suvga tiqib, yuzlariga surtar va: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta, o‘limning talvasasi bordir”, der edilar. So‘ng qo‘llarini tik ko‘tarib, “Rafiqi a’loga!” deya boshladilar. Nihoyat, ruhlari qabz qilindi va qo‘llari (yonlariga) tushdi”. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَخَلْتُ عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم وَهْوَ يُوعَكُ، فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّكَ تُوعَكُ وَعْكًا شَدِيدًا. قَالَ: «أَجَلْ، إِنِّي أُوعَكُ كَمَا يُوعَكُ رَجُلَانِ مِنْكُمْ». قُلْتُ: ذَلِكَ أَنَّ لَكَ أَجْرَيْنِ؟ قَالَ: «أَجَلْ ذَلِكَ كَذَلِكَ، مَا مِنْ مُسْلِمٍ يُصِيبُهُ أَذًى شَوْكَةٌ فَمَا فَوْقَهَا إِلَّا كَفَّرَ اللهُ بِهَا سَيِّئَاتِهِ، كَمَا تَحُطُّ الشَّجَرَةُ وَرَقَهَا»Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirdim, u zot isitmalayotgan ekanlar. «Ey Allohning Rasuli, sizni juda qattiq isitma tutadi da», dedim. U zot: «Ha, meni sizlardan ikki kishini tutganchalik isitma tutadi», dedilar. «Bu sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchundir-da?» dedim. U zot: «Ha, xuddi shunday. Hech bir musulmon yo‘qki, unga biror ozor, tikan va undan kattaroq narsa etganda Alloh shu tufayli uning yomonliklarini xuddi daraxt barglarini to‘kkanidek o‘chirmasa», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).عَنْ مُصْعَبِ بْنِ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللهِ، أَيُّ النَّاسِ أَشَدُّ بَلَاءً؟ قَالَ: الْأَنْبِيَاءُ ثُمَّ الْأَمْثَلُ فَالْأَمْثَلُ، فَيُبْتَلَى الرَّجُلُ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ، فَإِنْ كَانَ دِينُهُ صُلْبًا اشْتَدَّ بَلَاؤُهُ، وَإِنْ كَانَ فِي دِينِهِ رِقَّةٌ ابْتُلِيَ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ، فَمَا يَبْرَحُ الْبَلَاءُ بِالْعَبْدِ حَتَّى يَتْرُكَهُ يَمْشِي عَلَى الْأَرْضِ مَا عَلَيْهِ خَطِيئَةٌMus’ab ibn Sa’ddan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Ey Allohning Rasuli, qaysi odamlarning baloga uchrashi shiddatliroq?» dedim. «Anbiyolar, so‘ngra (martabada) ulardan keyingilar va ulardan keyingilar. Kishi diniga qarab baloga giriftor qilinadi. Agar dini mahkam bo‘lsa, balo ham shiddatli bo‘ladi. Agar dinida sustlik bo‘lsa, diniga qarab baloga duchor qilinadi. Banda er yuzida gunohsiz holatda yuradigan bo‘lgunicha balo u bilan bardavom bo‘ladi», dedilar».
Sharh: Bundan balolar gunohlarning yuvilishiga sabab bo‘lishi bilan birga, anbiyolar kabi begunoh zotlarning darajalari yanada yuqori bo‘lishi uchun ham xizmat qilishi kelib chiqadi. Demaq dindor va taqvodor kishilarning ba’zi bir balo-ofatlarga duchor bo‘lishlarini ham xuddi shu ma’noda anglash kerak. Inchunin, zohidlik ishqida yurgan solih bandalarga balo-ofatlar etishi ham bejiz emasligini bilib qo‘yish lozim.حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ , حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنِ ابْنِ الْهَادِ، عَنْ مُوسَى بْنِ سَرْجِسَ، عَنِ الْقَاسِمِ بْنِ مُحَمَّدٍ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّهَا قَالَتْ: رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم، وَهُوَ بِالْمَوْتِ وَعِنْدَهُ قَدَحٌ فِيهِ مَاءٌ، وَهُوَ يُدْخِلُ يَدَهُ فِي الْقَدَحِ، ثُمَّ يَمْسَحُ وَجْهَهُ بِالْمَاءِ، ثُمَّ يَقُولُ: اللَّهُمَّ أَعِنِّي عَلَى مُنْكَرَاتِ أَوْ قَالَ: عَلَى سَكَرَاتِ الْمَوْتِOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollollohu alayhi vasallamni vafot etayotganlarida ko‘rdim. U zotning oldilarida bir qadan bo‘lib, unda suv bor edi. U zot qo‘llarini qadahga tiqib, yuzdarini suv bilan artar va «Allohim, o‘limning munkarotlarini [yoki o‘limning talvasasini] (engib o‘tishda) menga yordam ber», der edilar». 
Termiziy “Shamoili Muhammadiya”da rivoyat qilganحَدَّثَنَا الْحَسَنُ بْنُ الصَّبَّاحِ الْبَزَّازُ، قَالَ: حَدَّثَنَا مُبَشِّرُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْعَلاءِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: لا أَغْبِطُ أَحَدًا بَهَوْنِ مَوْتٍ بَعْدَ الَّذِي رَأَيْتُ مِنْ شِدَّةِ مَوْتِ رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلمOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning o‘limlaridagi shiddat va qiyinchilikni ko‘rganimadan keyin biror kishining engil o‘limiga havas qilmayman».
Termiziy “Shamoili Muhammadiya”da rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

2 Июн 2022, 20:16 | Савол-жавоблар | 191 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar