O‘qituvchilarga nasihat

Assalomu alaykum! Bir toifa insonlarga nasihat qilishingizni, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishingizni iltimos qilib so‘ramoqchiman. Hozir dunyoviy ilm o‘rgatadigan o‘quv markazlari, maktablar, ta’lim muassasalari ko‘payib ketdi. U erlarda ta’lim berayotgan ustozlarning ko‘pchiligini yosh kadrlar tashkil qiladi. Shu ustozlarning aksariyatida bir odat bor ekan guruhidagi biror qiz-yigit yoqib qolsa shu qiz-yigit bilan ishq o‘yini o‘ynab yurisharkan. Oxirini so‘rasak, vaqtinchalik munosabat bo‘lib chiqyapti. Talaba ustozga ishonib qimmatli vaqtini sarflasa-yu, ustozlarning shu qilayotgan ishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu harom va oqibati zinodir. Vallohu a’lam!

4 Июн 2022, 15:53 | Савол-жавоблар | 164 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar