Taloq tushganini bilmaslik
Assalomu alaykum! Taloq xaqida o‘qib chikib xayron qoldim. Bu judayam nozik ish ekan. Bir lafz bilan taloq tushib qolarkan. Yani ochiq so‘zni etmasayam shunga monodosh bo‘lgan so‘zlar "tur ket" "kerakmassan" degandek so‘zlar. Bilasizki xozirgi xayotimizda bu gaplar janjaldagi odatiy gaplarga aylanib qolgan. Savolim shundan iboratki: 1. Agar er-xotin o‘rtalariga shunday so‘zlar ila taloq tushganini bilmay yashayversa buning xukmi qanday? 2. Raj’at kilish uchun taloq tushganini bilishi va anglagan xolda ayoliga qaytishi kerakmi? 3. Er va xotin oralariga taloq tushib kolganini bilishmadi. Shunda er ayoliga yaqinlik kilmay faqatgina shaxvat bilan quchoqlasa shunda uz uzidan raj’at bulib nikox qayta tiklanib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Oralariga boin taloq tushgan bo‘lsa, shundan keyin ham nikohni yangilamay yashab yurishlari zinodir.2). Shart emas. Shahvat bilan teginsa bas, raj’at sobit bo‘laveradi.3). Ha. Vallohu a’lam!
7 Июн 2022, 19:52 | Савол-жавоблар | 170 | Oila va turmush