Qarzi bor odam safarga chiqishi

Assalomu alaykum! Qarzi bor odam safarga chiqishidan oldin qarzini uzishi kerak degan mazmunda hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis mavjud emas. Qarzini to‘lash muddati tugagan yoki safar vaqtida tugaydigan kishi qarz egasining roziligi olib yoki kafil yoki garov qoldirib safarga chiqishi joiz. Vallohu a’lam!

16 Июн 2022, 19:07 | Савол-жавоблар | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar