Payg‘ambarimiz haqidagi qo‘shiqlar

Assalomu alaykum! Bir hadisda Payg‘ambirimiz kimningdir nikoh to‘yiga boradilar va u erda o‘tiradilar. U erda bir qiz Payg‘ambarmizga oid qilib qo‘shiq aytgan paytida Payg‘ambarimiz buni qo‘y oldingisini aytaver degan ekanlar . Savolim shuki hozirgi kunda Payg‘ambarimiz haqida qo‘shiqlar ko‘payib ketti Payg‘ambarimiz o‘zlari haqida aytilganda oldingisini ayt degan ekanlar. Menga Payg‘ambarimiz haqidagi qo‘shiqlarni eshitmaslik kerakmi unda degan hayol keldi. Bu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. حدثنا علي حدثنا بشر بن المفضل حدثنا خالد بن ذكوان عن الربيع بنت معوذ قالت دَخَلَ عَلَيَّ النَّبيُّ صلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ غَداةَ بُنِيَ عَلَيَّ، فَجَلَسَ علَى فِراشِي كَمَجْلِسِكَ مِنِّي، وجُوَيْرِياتٌ يَضْرِبْنَ بالدُّفِّ، يَنْدُبْنَ مَن قُتِلَ مِن آبائِهِنَّ يَومَ بَدْرٍ، حتَّى قالَتْ جارِيَةٌ: وفينا نَبِيٌّ يَعْلَمُ ما في غَدٍ. فقالَ النَّبيُّ صلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ: لا تَقُولِي هَكَذا، وقُولِي ما كُنْتِ تَقُولِينَXolid ibn Zakvon shunday so‘zlab berdi: “Rubayyi’ bint Mu’avviz shunday dedi:
“Chimildiqqa kirgan kunimning ertasiga Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurimga kirib keldilar-da, ko‘rpachamga huddi sen oldimda o‘tirganingdek o‘tirdilar. Joriyalar childirma chalib, Badr kuni o‘ldirilgan otalarining ta’rifu tavsifini qilishardi. Bir joriya: “Ichimizda ertaga nima bo‘lishini biladigan Nabiy bor”, deb qoldi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bunday deb aytma, oldingi aytayotganingni ayt!” dedilar” 
Buxoriy rivoyati.
 Ibn Hajar rahmatullohi alayh ushbu hadisning sharhida aytadi: “Bu hadisda kishida yo‘q sifatlarga o‘tib ketmagan holda uning hozirligida maqtash joizligiga dalil bor. ... Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni g‘ayb ilmidan boxabar deb maqtashga o‘tganlaridagina U zot ularni madhdan nahy qildilar. Chunki g‘aybni bilishlik yolg‘iz Allohga xos sifatdir”. Vallohu a’lam!

22 Июн 2022, 05:22 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar