Mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov

Assalomu alaykum! Biz maxsulot sotib oliyaptkanda yokida xizmatlardan foydalanyaptkanimizda sotuvchilar yoki xizmatni ko‘rsatyaptkanlar to‘lovni qabul qilishda terminal ishlamasligini yoki xali terminal qo‘yishmaganini aytishadi (bu erda tadbirkor tomonidan yolg‘on ishlatilgan bo‘lishi xam mumkin), shunda bizda naqd pul bo‘lmagani uchun kartadan kartaga pul o‘tkazib beramiz. Shunda biz to‘lashimiz kerak bo‘lgan 100 000 so‘mni o‘rniga to‘lov tizimini xizmat xaqini ko‘shib 101 000 so‘m pul to‘layapmiz (1000 so‘m) ortiqcha. Bunday savdoga ribo aralashgan bo‘ladimi? Tadbirkor plastikdan pul qabul qilmagani uchun va kartadan kartaga o‘tkazib bering deganida, biz mijozlar naqd pul to‘lashga imkonimiz bo‘lmagani uchun shu ishga rozilik bildirsak biz xam riboga sherik bo‘lib qolamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ribo emas. Vallohu a’lam!

29 Июн 2022, 16:46 | Савол-жавоблар | 204 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar