Er uchun pardoz va taxorat masalasi

Assalomu alaykum! Ayol kishi eri uchun uyda pardoz andoz qilishi kerakligi ko‘pchilik psixologlar tomonidan tavsiya qilinadi. Taxoratni buzuvchi amallar qatorida pardoz-qilish (upa surish, lab qosh kipriklar bo‘yalishi) ko‘rsatilmagan va avval taxorat olib keyin pardoz qilsak, shu pardoz bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi? Har safar pardoz qilaverishga vaqt va sharoit bo‘lmaydi (bola, uy, qaynana qaynata). Ham 5 mahal namozimizni ham oila mustahkamligi uchun erimizga chiroyli bo‘lib ko‘rinish uchun pardoz qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pardoz tahoratni buzmaydi. Pardoz bilan namoz o‘qish ham joiz. Ammo agar pardoz tahoratda yuviladigan a’zolarga suv etishidan man qilsa tahorat qilishdan oldin o‘sha a’zolarni pardozdan tozalab olib, so‘ng tahorat olish lozim. Vallohu a’lam!

4 Июл 2022, 16:28 | Савол-жавоблар | 212 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar