Meros qiz va o‘g‘il
Assalomu alaykum! Bobomdan qolgan xovlimiz bor edi. Bobomni 3 qiz va 1 o‘g‘illari bor. Bobom avval vafot etganlar anchadan keyin buvim xam olamdan o‘tdilar. Bobom xayotli chog‘larida barcha farzandlarini yig‘ib qizlariga aytgan ekanlar, bu uyda sizlarning xaqingiz yo‘q shu uydan xech narsa talab qilmaysizlar, uy o‘g‘limniki deganlarida qizlar xammasi rozi bo‘lishgan. Bobomdan keyin uy o‘g‘ilni nomiga o‘tkazilgan 3 qiz biza rozimiz deb xujjatlar imzolanayotgan paytda aytishgan. Bobomdan qolgan xovli sotildi shundan so‘ng qizlarning biri o‘g‘ildan o‘z xaqini talab qilib boshladi. Shu xolatda bobomning qizi ulush talab qilishga xaqlimi? Xaqli bo‘lsa, agar o‘g‘ilda opasini ulushini berishga imkoni bo‘lmasa nima narsa bilan rozi qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bobo hayotlik paytida uyni o‘g‘ilga hiba (sovg‘a) qilganini yozibsiz. Shar’iy qoida shuki, hiba durust bo‘lishi uchun unga hiba qilingan shaxs uni qabz qilishi, ya’ni qo‘liga olishi shart. Ko‘chmas mulklar hiba qilinganda ularni qabz qilish, ya’ni qo‘lga olish durust bo‘lishi uchun hiba qiluvchi ko‘chmas mulkni o‘zining va boshqalarning har qanday buyumlaridan xoli qilib, ya’ni tashqariga chiqarib tashlab so‘ngra topshirishi kerak. Agar bobongiz uyni o‘g‘liga hiba qilgan paytda shu ishni qilmagan bo‘lsa hiba qilishi ham durust bo‘lmagan va vafot etgan paytida uy meros moliga aylanib, merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlanishi farz bo‘lib qolgan. Meros ilmini puxta egallagan ahli ilmga murojaat qilib masalangizni aniqlashtirib olinglar. Vallohu a’lam!
18 Июл 2022, 18:00 | Савол-жавоблар | 230 | Turli savollar