Er xotin jinsiy aloqa

Assalomu alaykum! Bu savolni berish niyatida emasdim, lekin bir joyda buni o‘qib, sizlardan so‘rashga qaror qildim. Odobsizlik qilgan bo‘lsam ming bor uzr so‘rayman. Savol: ayol uzrli holatda bo‘lsa, er ayolidan uni qoniqtirishini talab qilsa, ayol qanday yo‘l tutishi kerak? JAVOB: Alhamdulillah; Bu masalalar kimningdir nazarida arzimas bo‘lib ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin hayotda shu kabi muammolar aksar oilalarda totuvlik yo‘qolishiga, hatto oila buzilishiga, eng kamida harom ishlarga qo‘l urishga sabab bo‘ladi. Javobga keladigan bo‘lsak, buning echimi bor. Ayol qo‘li, oyoqlari o‘rtasi, qo‘ltiqlari yoxud ko‘kraklari yordamida erini qoniqtirishi mumkin va bu shariatga zid emas, vallohu a’lam. Ustozlar yuqoridagi savol-javob to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Javob to‘g‘ri, lekin mana shu harakatlar oxir oqibatda haromga boshlab qo‘yish ehtimoli bo‘lsa, ya’ni Alloh harom qilgan narsaga borib qolishiga sababchi bo‘lsa bu ishni qilish ham mumkin bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:04 | Савол-жавоблар | 199
|
Boshqa savol-javoblar