Qabrdagi savol

Assalomu alaykum! Hadislardan ma’lumki inson vafot etib qabrga qo‘yilgandan so‘ng ikki farishta tomonidan so‘roq qilinadi. Savollarga to‘g‘ri javob berganidan so‘ng do‘zax ko‘rsatiladi hamda jannatdagi joyi ham ko‘rsatiladi. Shu bilan birga hadislarda keltirilishicha inson uch joyda birov bilan ishi bo‘lmay faqat o‘zini o‘ylaydi. Ular tarozi oldida, kitobi qaysi tomondan berilishini kutganda hamda sirot ko‘prigi oldida. Men so‘ramoqchi bo‘lgan savol, bu holatni qanday tushunsa to‘g‘ri bo‘ladi? Masalan insonga qabrda uning jannatiy ekanligi ma’lum qilinib, jannatdagi joyi ko‘rsatilsa, yuqorida keltirilgan 3 ta holatda u insonda nega yana qo‘rquv paydo bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bandalarni jannatga kirish yoki kirmasligi faqat Alloh taoloning fazliga bog‘liq. Banda amal qilib umid qilishgagina haqli xolos. U kunning holati o‘ta og‘ir bo‘ladi. Hatto jannatiy ekanligiga Alloh taoloning O‘zi guvohlik bergan payg‘ambarlar ham “O‘z jonim, o‘z jonim” deb qolishadi. حَدَّثَنِي إِسْحَاقُ بْنُ نَصْرٍ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو حَيَّانَ، عَنْ أَبِي زُرْعَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فِي دَعْوَةٍ، فَرُفِعَ إِلَيْهِ الذِّرَاعُ، وَكَانَتْ تُعْجِبُهُ، فَنَهَسَ مِنْهَا نَهْسَةً وَقَالَ: «أَنَا سَيِّدُ الْقَوْمِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، هَلْ تَدْرُونَ بِمَنْ يَجْمَعُ اللهُ الْأَوَّلِينَ وَالْآخِرِينَ فِي صَعِيدٍ وَاحِدٍ، فَيُبْصِرُهُمُ النَّاظِرُ وَيُسْمِعُهُمُ الدَّاعِي، وَتَدْنُو مِنْهُمُ الشَّمْسُ، فَيَقُولُ بَعْضُ النَّاسِ: أَلَا تَرَوْنَ إِلَى مَا أَنْتُمْ فِيهِ، إِلَى مَا بَلَغَكُمْ؟ أَلَا تَنْظُرُونَ إِلَى مَنْ يَشْفَعُ لَكُمْ إِلَى رَبِّكُمْ؟ فَيَقُولُ بَعْضُ النَّاسِ: أَبُوكُمْ آدَمُ، فَيَأْتُونَهُ فَيَقُولُونَ: يَا آدَمُ، أَنْتَ أَبُو الْبَشَرِ، خَلَقَكَ اللهُ بِيَدِهِ، وَنَفَخَ فِيكَ مِنْ رُوحِهِ، وَأَمَرَ الْمَلَائِكَةَ فَسَجَدُوا لَكَ، وَأَسْكَنَكَ الْجَنَّةَ، أَلَا تَشْفَعُ لَنَا إِلَى رَبِّكَ؟ أَلَا تَرَى مَا نَحْنُ فِيهِ وَمَا بَلَغَنَا؟ فَيَقُولُ: رَبِّي غَضِبَ غَضَبًا لَمْ يَغْضَبْ قَبْلَهُ مِثْلَهُ، وَلَا يَغْضَبُ بَعْدَهُ مِثْلَهُ، وَنَهَانِي عَنِ الشَّجَرَةِ فَعَصَيْتُهُ، نَفْسِي نَفْسِي، اذْهَبُوا إِلَى غَيْرِي، اذْهَبُوا إِلَى نُوحٍ. فَيَأْتُونَ نُوحًا فَيَقُولُونَ: يَا نُوحُ، أَنْتَ أَوَّلُ الرُّسُلِ إِلَى أَهْلِ الْأَرْضِ، وَسَمَّاكَ اللهُ عَبْدًا شَكُورًا، أَمَا تَرَى إِلَى مَا نَحْنُ فِيهِ؟ أَلَا تَرَى إِلَى مَا بَلَغَنَا؟ أَلَا تَشْفَعُ لَنَا إِلَى رَبِّكَ؟ فَيَقُولُ: رَبِّي غَضِبَ الْيَوْمَ غَضَبًا لَمْ يَغْضَبْ قَبْلَهُ مِثْلَهُ، وَلَا يَغْضَبُ بَعْدَهُ مِثْلَهُ، نَفْسِي نَفْسِي، ائْتُوا النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم.فَيَأْتُونِي، فَأَسْجُدُ تَحْتَ الْعَرْشِ، فَيُقَالُ: يَا مُحَمَّدُ، ارْفَعْ رَأْسَكَ، وَاشْفَعْ تُشَفَّعْ، وَسَلْ تُعْطَهُ». قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ: لَا أَحْفَظُ سَائِرَهُ. طرفاه: 3361، 4712 - تحفة: 14927 - 164/4 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir chorlovda edik. U zotga qo‘yning qo‘li ko‘tarib kelindi. U zotga shu yoqar edi. Undan bir tishlam tishladilar va dedilar: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyidiman. Alloh avvalgi-yu oxirgilarni bir sayhonlikda kim bilan jam qilishini bilasizlarmi? Qaragan odam ularni ko‘ra oladi, jarchi ularga eshittira oladi. Quyosh ularga yaqin keladi. Ba’zi odamlar: «Hoy, nima ahvolda ekaningizni, sizlarga nimalar etganini ko‘rmaysizlarmi? Sizlarni Robbingiz oldida kim shafoat qilishiga qaramaysizlarmi?» deydi. Shunda ba’zi odamlar: «Otangiz Odam», deydi. Ular Odamning oldiga kelishadi. «Ey Odam! Siz bashariyatning otasisiz. Alloh sizni O‘z qo‘li bilan yaratgan va sizga O‘z ruhidan puflagan, farishtalarga buyurgan, ular sizga sajda qilishgan hamda (U Zot) sizni jannatga joylashtirgan. Robbingiz oldida bizni shafoat qilmaysizmi? Biz nima ahvolda ekanimizni, bizga nimalar etganini ko‘rmaysizmi?» deyishadi. U: «Robbim shunday bir g‘azab qilganki, bundan oldin bunchalik g‘azab qilgan emas, bundan keyin ham bunchalik g‘azab qilmaydi. Meni daraxtdan qaytargan edi, men Unga osiy bo‘lganman. O‘zim bilan o‘zimman. Mendan boshqaga boringlar, Nuhning oldiga boringlar», deydi. Ular Nuhning oldiga kelishadi. «Ey Nuh! Siz er ahliga yuborilgan rasullarning birinchisisiz. Alloh sizni «sershukr banda» deb atagan. Biz nima ahvolda ekanimizni ko‘rmaysizmi? Bizga nimalar etganini ko‘rmaysizmi? Robbingiz oldida bizni shafoat qilmaysizmi?» deyishadi. U: «Bugun Robbim shunday bir g‘azab qilganki, bundan oldin bunchalik g‘azab qilgan emas, bundan keyin ham bunchalik g‘azab qilmaydi. O‘zim bilan o‘zimman. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldiga boringlar», deydi. Ular mening oldimga kelishadi. Men Arsh tagida sajda qilaman. Shunda «Ey Muhammad! Boshingni ko‘tar. Shafoat qil, shafoating qabul bo‘ladi. So‘ra, senga beriladi», deyiladi». Muhammad ibn Ubayd: «Qolganini eslay olmayman», degan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 21:04 | Савол-жавоблар | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar