Erning vazifalari
Assalomu alaykum! Allohga shukurki umr yo‘ldoshim namozlarini qoldirmay o‘qib boradi, ishdan bo‘sh vaqtlaridayam kechgacha qazo, nafl namozlarini o‘qish bilan o‘tkizadi. Savolim noshukurlikka kirib qolmasmikin deb qo‘rqaman, lekin ayol kishi eridan o‘ziga, oilaga, uyiga e’tibor so‘rashi dinga qarshilikdek bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمَرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ لِي النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَلَمْ أُخْبَرْ أَنَّكَ تَقُومُ اللَّيْلَ وَتَصُومُ النَّهَارَ قُلْتُ: إِنَّي أَفْعَلُ ذَلِكَ قَالَ: فَإِنَّكَ إِذَا فَعَلْتَ ذَلِكَ هَجَمَتْ عَيْنُكَ، وَنَفِهَتْ نَفْسُكَ، وَإِنَّ لِنَفْسِكَ حَقٌّ وَلِأَهْلِكَ حَقٌّ، فَصُمْ وَأَفْطِرْ، وَقُمْ ونَمْ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Menga Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Menga xabar berilishicha, sen kechani bedor o‘tkazib, kunduzning ro‘zasini tutar emishsan?» dedilar.
«Albatta, men shunday qilaman», dedim.
«Agar sen shunday qiladigan bo‘lsang, ko‘¬zing zaiflashadi, nafsing malol oladi. Albatta, senda nafsingning ham haqqi bor, ahlingning ham haqqi bor. Bas, ro‘za ham tut. Og‘zing ochiq ham yur. Bedor ham bo‘l. Uxlab ham yot», dedilar».
Ikki Shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhuni va u kishi orqali barcha ummatlarini amalda tejamkor bo‘lishga, oz bo‘lsa ham, bardavom amalni qilishga chorlamoqdalar. Biz o‘rganayotgan ushbu hadisi sharifning aytilishiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida bo‘lib o‘tgan bir voqea sabab bo‘lgan.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhuni otalari Quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan chiroyli bir qizga uylantirib qo‘yibdi. Kuyov bo‘lsa, yangi kelin bilan ishi bo‘lmay, ibodatga berilib, kechasi bilan namoz o‘qib, kunduzlari ro‘za tutib yuraveribdi. Bu haqda otasi Abdulloh roziyallohu anhuga nasihat qilibdi. U kishi esa ibodatga berilganlik va yoshlik g‘ururi ta’sirida otaning nasihatiga quloq osmabdi. O‘z bilganini qilib, kechasi namoz o‘qib, kunduzi ro‘za tutib, oilasi bilan ishi bo‘lmay yuraveribdi. Shunda noiloj qolgan otasi bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qilibdi. U zoti bobarakot Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhuni huzurlariga chorlab:
«Menga xabar berilishicha, sen kechani bedor o‘tkazib, kunduzning ro‘zasini tutar emishsan», dedilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu gaplaridan ibodat g‘ururiga ketgan yosh yigitlar bilan muomala qilishni o‘rganish kerak. U zot sollallohu alayhi vasallam unga do‘q ham qilmadilar, «otang menga sendan shikoyat qildi» ham demadilar. Xuddi uning ibodati haqida noaniq shaxs tomonidan xabar eshitgandek gap boshladilar. Gaplarida uning qilmishini tan¬qid qilish alomati ham sezilmadi. Shuning uchun Abdulloh ibn Amr dadillanib:
«Albatta, men shunday qilaman», deb javob berdi.
Abdulloh ibn Amrning ustidan tushgan shikoyatni o‘ziga tasdiqlatib olgach, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam asta nasihat qilishga o‘tdilar:
«Agar sen o‘shandoq qiladigan bo‘lsang, ko‘zing zaiflashadi, nafsing malol oladi», dedilar.
Ya’ni, sen kechasi bilan namoz o‘qib, kunduzi ro‘za tutishni davom ettiraversang, sog‘lig‘ingga zarar etadi, ko‘zing zaiflashadi. Hadeb uzluksiz nafl ibodat qilaverish nafsingga malol keladi. Bu esa yomon oqibatlarga olib keladi. Keyin ibodat qilishni xohlamay qolasan, demoqdalar.
«Albatta, senda nafsingning ham haqqi bor».
Ya’ni, senda nafsingning ham haqqi bor. Uni halol yo‘l bilan me’yorida qondirishing kerak. Bo‘lmasa, Alloh taolo senga qo‘shib xalq qilgan tabiatga xilof qilgan bo‘lasan.
«Ahlingning ham haqqi bor».
Ya’ni, oila a’zolaringning ham senda haqqi bor. Uni ham ado etishing kerak. Bu shar’iy burching.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu misolida uning xotini haqida gap ketmoqda. Xotinning erda haqqi bor. Er-xotin bir oila bo‘lib yashagandan keyin erkak kishi erlik burchini ado etishi kerak. Namoz bilan ro‘zaga berilib, xotinni tark qilib qo‘yish musulmon kishiga to‘g‘ri kelmaydi.
«Bas, ro‘za ham tut, og‘zing ochiq ham yur».
Nafl ro‘za tutishga ishtiyoqing bor ekan, mayli. Faqat me’yorida tut. Ammo og‘zing ochiq ham yur.
«Bedor ham bo‘l, uxlab ham yot».
Kechalari bedor bo‘lib, namoz o‘qishga ishtiyoqing bor ekan, bu yaxshi, buni ham me’yorida qil. Ammo vaqtida uxla ham. Bu ham kerak.
Kezi kelganda aytib o‘tish lozim, ushbu bobdagi va shunga o‘xshash boshqa hadislarda nafl ibodat haqida so‘z ketadi. Chunki farz va vojib ibodatlarda tejamkor bo‘lish, oz amal qilish, degan gap bo‘lmaydi. «Besh vaqt namozning to‘rt vaqtini o‘qiy, ro‘zaning yarmisini tutay», deb bo‘lmaydi. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu misolida ham kechalari uxlamay, nafl namoz o‘qish, kunduzlari nafl ro‘za tutish haqida so‘z ketmoqda. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 21:09 | Савол-жавоблар | 167 | Oila va turmush