Tushda qiyomat kunini ko‘rsa

Assalamu alaykum! Bundan uch to‘rt oy oldin men tushimda qiyomat kunini ko‘rgan edim. Bu tushni ko‘rishimdan oldin Islomdan deyarli hech narsani bilmas edim. Osmon yorilardi, odamlar har qayoqqa qochishardi, men esa Allohga "Yo Alloh, jonimni olsang tezroq ol" der edim. Eng qizig‘i bu ko‘rgan barcha hodisalarim Qur’ondagi “Qiyomat” surasida yozilgan ekan. Tushni ko‘rishimdan oldin bu surani o‘qib ko‘rmagan edim. Shu tushni ko‘rganimdan so‘ng ko‘p narsadan qo‘rqadigan bo‘lib qoldim. Keyinchalik qo‘rquvim yo‘qoldi, qalbimda iymon uyg‘ondi. Men "Inson xushlamaydigan tush ko‘rsa, u tush shaytondan bo‘ladi" mazmunidagi hadisni o‘qigan edim. Men bu tushni xushlamadim, lekin aynan shu tushni ko‘rganimdan so‘ng iymonim mustahkamlandi. Iltimos shu tushimni ta’biri qandayligini aytib beringlar. Vaqtingizni ayamay savollarimizga javob berayotganingiz uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo biror ishni iroda qilsa uning sababini ham to‘g‘rilab qo‘yadi. Siz kabi tushida turli holat, xususan qiyomatni ko‘rib tavba qilganlar va ulug‘ maqomlarga erishganlar juda ko‘p. Salafi solihlarimizning tarixlari bunga guvoh. Sizning tushingiz ham in shaa Alloh shunday deb umid qilamiz. Vallohu a’lam.

20 Апрел 2022, 21:09 | Савол-жавоблар | 463 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar