Kelgan balo
Assalomu alaykum! Ba’zi odamlarda bir xonadonda qo‘y yoki moli to‘satdan o‘lib qolsa, “shu uyga bir balo kelganu, shu hayvonga urgan. Bo‘lmasa xonadon ahllaridan biriga o‘sha balo etgan bo‘lardi” degan tushuncha bor. Shu tushincha qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Hadid” surasida marhamat qiladi :مَا أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي أَنفُسِكُمْ إِلَّا فِي كِتَابٍ مِّن قَبْلِ أَن نَّبْرَأَهَا إِنَّ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ22. Er yuzida yoki o‘zlaringizda biror musibat etsa, uni yaratishimizdan oldin albatta, kitobda bo‘lur. Albatta, bu Alloh uchun osondir. Ushbu oyatda Alloh taolo bizga etadigan har bir musibat – kasallik, ochlik, kambag‘allik, o‘lim va boshqalar, ular yuzaga chiqishidan avval ham Lavhul Mahfuzda, Allohning ilmida sobit bo‘lishini ta’kidlamoqda. Shuning uchun mazkur musibatlarga ortiqcha xafa bo‘lib, o‘zni qiynashning hojati yo‘q. Har bir musibatni sabr-bardosh bilan qarshi olish musulmonlarning siymosi ekanini hamma bilishi kerak. Xuddi musibat kabi, har bir xursandchilik, yaxshilik ham avvaldan Lavhul Mahfuzda yozilgan bo‘ladi. Shuning uchun biron-bir ne’mat–yaxshilik etsa, ortiqcha xursand bo‘lib, o‘zini yo‘qotib qo‘yish ham musulmonlarga xos emas. ("Tafsiri hilol" kitobidan).وَقَالَ عُبَادَةُ بْنُ الصَّامِتِ لِابْنِهِ: يَا بُنَيَّ إِنَّكَ لَنْ تَجِدَ طَعْمَ حَقِيقَةِ الْإِيمَانِ حَتَّى تَعْلَمَ أَنَّ مَا أَصَابَكَ لَمْ يَكُنْ لِيُخْطِئَكَ وَمَا أَخْطَأَكَ لَمْ يَكُنْ لِيُصِيبَكَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: إِنَّ أَوَّلَ مَا خَلَقَ اللهُ الْقَلَمُ، فَقَالَ لَهُ: اكْتُبْ فَقَالَ: رَبِّ وَمَاذَا أَكْتُبُ؟ فَقَالَ: اكْتُبْ مَقَادِيرَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّى تَقُومَ السَّاعَةُ. يَا بُنَيَّ إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: مَنْ مَاتَ عَلَى غَيْرِ هَذَا فَلَيْسَ مِنِّي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّUboda ibn Somit roziyallohu anhu o‘z o‘g‘liga dedi:«Ey o‘g‘lim! Sen to o‘zingga etgan narsa seni chetlab o‘tishi mumkin emasligini, o‘zingni chetlab o‘tgan narsa senga etishi mumkin emasligini bilmaguningcha, hech qachon iymon haqiqati ta’mini topa olmassan. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:«Albatta, Alloh avval yaratgan narsa Qalamdir. U Zot unga: «Yoz», dedi. «Ey Robbim, nimani yozaman?» dedi. «Har bir narsaning qiyomat qoim bo‘lguncha bo‘ladigan taqdirlarini yoz», dedi», deganlarini eshitganman. Ey o‘g‘lim! Albatta, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:«Kim mana shundan boshqa(aqiyda)da o‘lsa, mendan emas», deganlarini eshitganman».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Barchaga o‘zi uchun xalq qilingan amal muyassardir» jumlasi bor hadislarini musulmon insonning kelgusi ishlarda qazoi qadarni qanday tushunishi lozimligini bayon qiluvchi hadis deb atagan edik. Ushbu hadis esa musulmon insonning bo‘lib o‘tgan ishlarda qazoi qadarni qanday tushunishi lozimligini bayon qiluvchi hadisdir. Ulug‘ sahobiylardan bo‘lmish Uboda ibn Somit roziyallohu anhu mo‘minlik va otalik burchlarini ado etib, o‘z o‘g‘illariga qazoi qadarga iymon keltirishdan dars bermoqdalar. U kishi o‘g‘illariga murojaat qilib: «Ey o‘g‘lim! Sen to o‘zingga etgan narsa seni chetlab o‘tishi mumkin emasligini va o‘zingni chetlab o‘tgan narsa senga etishi mumkin emasligini bilmaguningcha, hech qachon iymon haqiqati ta’mini topa olmassan», demoqdalar. Qarang, iymon haqiqatining ta’mi qazoi qadarga ishonishda ekan! O‘ziga etgan narsani: «Bu meni chetlab o‘tishi mumkin emas edi, albatta, shu narsa bo‘lishi kerak edi», deb bilishda ekan! O‘ziga etmay, undan chetlab o‘tib ketgan narsani: «Bu shunday bo‘lishi kerak edi, baribir menga etmas edi», deb bilishda ekan! Agar bunga jiddiyroq e’tibor beradigan bo‘lsak, gap bo‘lib o‘tgan ishlar haqida ketmoqda. «O‘zingga etgan narsa seni chetlab o‘tishi mumkin emasligini», ya’ni senga etgan yaxshilik seni chetlab o‘tishi mumkin emasligini bilmaguningcha Iymon haqiqati ta’mini topa olmassan! Bu yaxshilik o‘zimning ustaligimdan, boshqalardan ustunligimdan yoki falonchining yordamidan etdi, deb o‘zingdan ketma. «Shu narsaga Allohning xohishi bo‘lgan ekan, menga etdi», deb Allohga shukr ayt! Shuningdek, senga etgan yomonlik seni chetlab o‘tishi mumkin emasligini bilmaguningcha iymon haqiqati ta’mini topa olmassan! Bu yomonlik falon narsa bo‘lgani uchun yoki falonchining qo‘li bilan etdi, agar unday bo‘lmaganda, bunday bo‘lar edi, deydigan bo‘lsang, iymon haqiqati ta’mini topishingga yo‘l bo‘lsin! Qachon «Shu narsa menga etishi kerak edi, chetlab o‘tishi mumkin emas edi, men qazoi qadarga iymon keltiradigan odamman», desanggina, Iymon haqiqati ta’mini topishdan umid qilsang bo‘ladi. O‘tgan ishga afsus-nadomat chekish, o‘zini ham, o‘zgalarni ham ovora qilib, aql-zakovatni, kuch-imkoniyatni, samarasiz urinish va vaqtni behuda o‘tkazishga sarflash musulmon odamga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun bo‘lib o‘tgan ishni qazoi qadardan ko‘rib, kelajakni o‘ylash, kelajak uchun harakat qilish kerak. «O‘zingni chetlab o‘tgan narsa senga etishi mumkin emasligini bilmaguningcha, hech qachon iymon haqiqati ta’mini topa olmassan». Seni bir yaxshilik chetlab o‘tsa, attang qilib: «Unday qilmay, bunday qilganimda, bu yaxshilik meni chetlab o‘tmasmidi», deb yurma! Yoki «Bu ish falonchining aybi bilan bo‘ldi, agar o‘shaning aybi bo‘lmaganda, bu yaxshilik meni chetlab o‘tmas edi», deb yurma! Unday qilsang, hech qachon iymon haqiqati ta’mini topa olmassan. «Bu yaxshilik meni chetlab o‘tishi kerak ekan, shunday bo‘ldi, menga etishi mumkin emasligi uchun etmadi», desanggina iymon haqiqati ta’mini topa olursan! Chunki shundagina qazoi qadarga chin iymon keltirgan bo‘lursan! Agar seni bir yomonlik chetlab o‘tgan bo‘lsa, «Ustalik qilib bu yomonlikdan chetlab qoldim», deb quvonma! «Falonchining yordami bo‘lmaganda, ishim chatoq edi», deb yurma. Bunda qazoi qadarga shak keltirgan bo‘lasan! «Shu yomonlik meni chetlab o‘tishi kerak edi, menga etishi kerak emas edi, shunday bo‘ldi», degin. Ana shunda iymon haqiqati ta’mini topa olasan. Uboda ibn Somit roziyallohu anhu o‘g‘illariga qilgan nasihatlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflaridan kelib chiqqanini bildirish uchun: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Albatta, Alloh avval yaratgan narsa Qalamdir. U Zot unga: «Yoz», dedi. «Ey Robbim, nimani yozaman?» dedi. «Har bir narsaning qiyomat payti bo‘lguncha taqdirlarini yoz», dedi», deganlarini eshitganman», deb gaplarini davom ettirdilar. Demak, Alloh taolo xaloyiqni, butun borliqni yaratishdan avval O‘zi hamma narsadan oldin yaratgan Qalamga aytib, bu dunyoda qiyomat qoimgacha bo‘ladigan ishlarni yozdirib qo‘ygan. Bu narsaga har bir musulmon iymon keltirishi kerak. Ana shunda o‘tgan narsaga noo‘rin munosabatda bo‘lib, o‘zini ham, o‘zgalarni ham qiynamaydi, qazoi qadar aqiydasiga shak keltirmaydi. Xuddi shu aqiydada yashab, xuddi shu aqiydada o‘lish har bir musulmon uchun nihoyatda zarurdir. Chunki, bu aqiydadan chetga chiqqan odam zalolatga ketgan bo‘ladi. Shuning uchun ham Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Kim mana shundan boshqa(aqiyda)da o‘lsa, mendan emas», deganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu gaplari «Mening yo‘limda emas», deganlaridir. Bu esa juda og‘ir gapdir. Rasulluloh sollallohu alayhi vasallamning yo‘lidan boshqa yo‘lda bo‘lishdan Alloh asrasin. Ushbu hadisdan quyidagi foydalarni olamiz: 1. Otaning bolasiga aqiyda bo‘yicha ta’lim berishi zarurligi. 2. Iymon haqiqatining ta’mi borligi. 3. Mo‘min-musulmon odam o‘ziga etgan narsa uni chetlab o‘tishi mumkin emasligini bilishi lozimligi. 4. Mo‘min-musulmon odam o‘zini chetlab o‘tgan narsa unga etishi mumkin emasligini bilishi zarurligi. 5. Bilgan odam gapini hadis bilan tasdiqlashi yaxshiligi. 6. Qalamga va uning Alloh yaratgan birinchi narsa ekanligiga iymon keltirish. 7. Hamma narsaning taqdiri yaratilishidan oldin yozib qo‘yilganligi. 8. Qazoi qadardan boshqa aqiyda bilan o‘lgan odam Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yo‘llarida bo‘lmasligi. Bu hadisning hikmati qazoi qadar aqiydasidan ko‘zlangan hikmatning asosini tashkil qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu esa insoniyat uchun juda zarur narsadir. O‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, qazoi qadar aqiydasi asosan bo‘lib o‘tgan narsaga nisbatan ishlatiladi. Birovga musibat etadi, birovning boshiga og‘ir ish tushadi, molida, jonida nuqsonga uchraydi, yana birov ko‘zlagan yaxshiligiga erisha olmaydi. Ana shunda afsus-nadomat boshlanadi. Umidsizlik yuzaga chiqadi. Nima uchun shunday bo‘ldi, degan savol paydo bo‘ladi. Bu musibatlarning sababini axtara boshlaydi. O‘z fikricha, musibatiga sababchi bo‘lganlarga dushmanlik qilishni boshlaydi. O‘zi ruhiy-ma’naviy zarar ko‘rgani etmagandek, boshqalarga zarar etkazish, ijtimoiy aloqalarni buzish ham boshlanadi. Qo‘yingki, o‘tib ketgan ish uchun, qayta tiklab bo‘lmaydigan narsa uchun, behudadan-behuda zarar ko‘rish boshlanadi. Qazoi qadarga ishongan odam esa ushbu hadisi sharifga amal qiladi-da, «Menga etgan ushbu narsa meni chetlab o‘tib ketishi mumkin emas edi, muqarrar ish bo‘ldi. Qazoi qadardagi bor narsaga behuda afsus-nadomat chekib o‘tirishning hojati yo‘q, endi o‘zimga muyassar bo‘lgan ishni qilishdan qolmay», deydi. Behudaga asabini buzishdan, ruhiy-ma’naviy ezilishdan, aql-zakovat, kuch-qudrat sarflashdan, o‘ziga ham, o‘zgalarga ham zarar etkazishdan tiyiladi. Kuch va imkoniyatlarini kelajagi uchun sarflashga o‘tadi. Bu holat faqat musulmonlarda bo‘lishi mumkin, xolos. Frantsiyalik olimlardan biri o‘zining musulmon bo‘lishiga sabab bo‘lgan hodisa haqidagi xotiralarida, jumladan, quyidagilarni aytadi: «Ilmiy guruh bilan uzoq Jazoir qishloqlaridan birida edik. Bir kuni qattiq shamol turdi. Bosh ko‘tarib, ko‘z ochishning imkoni bo‘lmay qoldi. Erlik aholi butun imkoniyatlarini ishga solib, o‘zlarini, molu mulklarini qutqarishga harakat qilar edi. Shamol esa borgan sari kuchayar, yo‘lda nima to‘g‘ri kelsa, uchirib ketar edi. Shamol bir necha kun davom etdi. Zarar ko‘rmagan turar joy qolmadi. Birorta hayvon tirik qolganining alomati ham yo‘q edi. Dovu daraxt, ekin-tikin to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘laverardi. Umuman, hayotning asari qolmadi. Biz o‘zimizcha: «Endi erlik aholi boshqa joyga ko‘chib ketsa kerak» deb o‘ylar edik. Shamol to‘xtadi. Ammo biz kutgan narsalarning birortasi ham bo‘lmadi. Hech kim dod-voy solmadi. Hech kim bo‘lib o‘tgan falokatdan shikoyat ham qilmadi. Hamma o‘z joyidan chiqib, hech narsa bo‘lmagandek, qolgan-qutgan narsalarni tartibga solishni boshladi. Hech kim ko‘rgan zarariga afsus-nadomat chekmas, faqat qolgan narsalardan foydalanib, hayotni avvalgiday davom ettirish payidan bo‘lar edi. Bu oddiy, sahroviy odamlarning o‘zlarini tutishlari menga qattiq ta’sir qildi. So‘rab-surishtirib, ularning qazoi qadarga ishonishlarini, o‘sha aqiydaga binoan ish tutayotganlarini bildim». Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab joylarida qazoi qadar aqiydasi yo‘qligi tufayli muammolar to‘lib-toshib yotibdi. Turli-tuman asabiy kasalliklar, tushkunlik va umidsizliklar, o‘z joniga qasd qilishlar hamda boshqa muammolar shular jumlasidandir. Buning birdan-bir sababi bo‘lib o‘tgan narsani qazoi qadar aqiydasiga ko‘ra tushunmaslikdir. Biz mo‘min-musulmonlar bu aqiydani o‘z o‘rnida ishlatmoqni bilishimiz zarur. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 06:09 | Савол-жавоблар | 184 | Dolzarb savollar