Robbana duosi
Assalomu alaykum! Ustozlar quyidagilardan qay biri to‘g‘ri keltirilgan:
1. Robbana atina fid-dunya hasana va fil-axiroti hasana va qina azaban-nar”.
2. Robbana atina fid-dunya hasanatav va fil-axiroti hasanatav va qina azaban-nar”.
3. Robbana atina fid-dunya hasanatan va fil-axiroti hasanatan va qina azaban-nar”.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ السَّائِبِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ بَيْنَ الرُّكْنِ الْيَمَانِيِّ وَالْحَجَرِ: رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً، وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً، وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Abdulloh ibn Soib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rukni yamaniy va hajarning orasida «Robbana! Aatinaa fid-dunya hasanatan va fil aaxiroti hasanatan va qinaa ’azaban-naar» («Robbimiz! Bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik bergin va bizni do‘zax azobidan saqlagin»), deyayotganlarini eshitdim». Ahmad, Abu Dovud va Hokim rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan. Sharh: Bu duo musulmonlarning duosi bo‘lib, ular Alloh taolodan ikki dunyoning yaxshiligini so‘raydilar. dinsizlarga o‘xshab, faqat bu dunyoning hoyu havasini so‘ramaydilar yoki ba’zi toifalarga o‘xshab, faqat oxiratni o‘ylab, bu dunyoni esdan chiqarmaydilar. Bu duoda yuksak odob ham yaqqol ko‘rinib turibdi. So‘raladigan narsani tayin qilib, nomini aytmasdan, umuman, «yaxshilik» deb aytilmoqda. Yaxshilikning nimaligini esa Alloh taoloning O‘zi yaxshi biladi. Imom Ibn Kasiyr: «Ushbu duo dunyodagi barcha yaxshiliklarni o‘zida jamlab, yomonliklarni chetlatgan», deganlar. Ibn Murdavayh Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: «(Baytullohning) burchagidan har o‘tganimda «Omin» deb turgan farishtani ko‘rdim. Uning yonidan o‘tsangiz, «Robbanaa! Aatinaa fid-dunya hasanatan va fil aaxiroti hasanatan va qinaa ’azaban-naar» duosini o‘qinglar», deganlar. Ibn Abu Hotim Abu Tolutdan qilgan rivoyatda: «Anas ibn Molikning huzurida edik. Sobit u kishiga: «Birodarlaringiz duo qilishingizni so‘rashyapti», dedi. Anas ibn Molik «Robbana, atinaa...» (duosi)ni o‘qidilar. Bir muddat gaplashib o‘tirdilar. Turmoqchi bo‘lishganda: «Ey Abu Hamza, birodarlaringiz turishmoqchi, ularni bir duo qilsangiz», dedi. Shunda Anas ibn Molik: «Sizlarga ishlarni maydalab berishimni xohlaysizmi?! Agar Alloh sizga bu dunyo va oxiratning yaxshiligini berib, do‘zaxning azobidan saqlasa, yaxshilikning hammasini bergan bo‘ladi-ku», dedilar». (Hadis va hayot kitobdan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:08 | Савол-жавоблар | 734 | Duolar