Iftitoh Takbiri haqida
Assalamu alaykum hurmatli Shayx janoblari!Men hozir beradigan savolimni forumda topaolmaganim uchun sizdan ruxsat so‘ragan holda ushbu savolimni yozishga ijozat bergaysiz.Meni bir savol ko‘pdan beri qiziqtirib kelmoqda. Hozirgi vaqtda men AQSHda istiqomat qilaman. Shu sabab bilan boshqa mazhab masjidlariga jamoat bilan namoz o‘qiyapman. Shu jamoatda bir masala tug‘ildi. Shunda ular:"Iftitoh Takbirida ikki qo‘l elka barobarida bo‘lishi kerak. Rukudan keyin ham shu hol yana takrorlanishi kerak.Lekin ikki barmoqning quloqqa tegishi nojoiz" deb aytishdi va hujjat sifatida Imom Buxoriyning sahih hadislaridanbir nechta hadisni o‘qib ko‘rsatishdi. Namuna sifatida shu hadisning nusxasini Sizga yuborayapman. Iltimos, shu haqda menga ma‘lumot bersangiz.Alloh Sizni va biz musofirlarni o‘z panohida asrasin!Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakotuh!Hurmat ilaKomilhttps://lh6.google.’om/muslimkom/RrK5Z’E6DQI/AAAAAAAAAAo/H5oV3gWUAhU/s800/As-Salat.JPG
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mazkur kishilar ham sizga o‘xshab o‘zining mazhabidan boshqani bilmaydigan odamlar. Ular ham o‘zi bilgan narsadan boshqacha amalni ko‘rsa ajablanadi. Ammo ular ko‘pchilik bo‘lgani uchun va ba’zi hadislarni bilgani uchun siz keltirgan gaplarni aytishadi. Ularning gapi o‘z mazhabi bo‘yicha to‘g‘ri.Siz hanafiy mazhabidasiz va sizning hujjatlaringiz quyidagicha:«Takbir aytish bilan barobar ikki qo‘lning bosh barmoqlari uchi quloqlarning yumshoq joylariga tekkiziladi. Bu amallarning hujjatlari quyidagilar.Imom Muslim Voil ibn Hujrdan rivoyat qilgan hadisda u kishi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namozga kirishda takbir aytib qo‘llarini ko‘tarib quloqlari bilan bir safga keltirganlarini ko‘rgani aytilgan.Imom Ahmad, Ishoq ibn Rohovayh, Dora Qutniy va Tohoviylar Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namoz o‘qisalar ikki qo‘llarini bosh barmoqlarini quloqlari barobariga ko‘tarar edilar», deyilgan.Imom al-Hokim va Dora Qutniylar Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni takbir aytib, ikki bosh barmoqlarini quloqlariga ko‘targanlarini ko‘rdim», deyilgan.Qo‘llarni ko‘tarilganda barmoqlar oddiy holatda tutilib ichki tarafi qiblaga qaratiladi. Ya’ni, barmoqlarning orasini o‘ta yozib ham yuborilmaydi yoki juftlab ham olinmaydi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning namozlari haqidagi Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda shu narsa ta’kidlangan».
20 Апрел 2022, 19:09 | Савол-жавоблар | 815 | Namoz