Bitkoin va boshqa kriptovalyutalar

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, bitkoin va boshqa kriptovalyutalar harom dib hisoblanishini xech chuna ololmadim. Chunki u dollarga o‘xshagan narsaku? Bir misol keltirsam: yilni boshida 100$-ni 600 ming so‘mga sotib oldim deylik, keyin bir yil kutib uni 800 minga sotib yubordim, chunki kurs ko‘tarildi. Men shunda 200 ming so‘mga yutuqda bo‘ldim xisob. Xuddi shu sistemada bitkoin va kriptovalyuta ishlaydi. Aytingchi, agar men azgina kriptovalyuta halol pulimga sotib olib, uni kursini ko‘tarilishni kutib kegin sotib yuborsam, foiz ustidan qo‘ymasdan, u pul harom bo‘ladimi? Men noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz butun dunyo musulmon ulamolari uyushmasining bosh kotibi doktor Ali Muhiddin Qoradog‘iy bilan suhbatlashganimizda u kishi “musulmonlarga buni tavsiya qilmaymiz, joiz emas” deb fatvo berdilar. Siz shu fatvoga amal qilib turavering. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 06:20 | Савол-жавоблар | 182 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar