Boriga baraka o‘yini

Assalomu alaykum! Horzirda o‘zbek telekanalida boriga baraka ko‘rsatuvi berilmoqda. Juda ko‘p insonlar shunda ishtirok etishmoqda. O‘yin sharti 5000 so‘m ularni hisobiga o‘tkazgandan keyin ishtirokchiga aylanadi. Shu pulni o‘tkazgan insonni tanlab olishadi shu o‘yinga taklif qilishadi va u inson nimadir yutib olishi aniq. Shu o‘yin qimor shartlatiga to‘g‘ri kelmoqda. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ۝ 90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, zafar topsangiz.  إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ اللّهِ وَعَنِ الصَّلاَةِ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ۝ 91. Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni istaydir. Endi to‘xtarsizlar?! Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 06:20 | Савол-жавоблар | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar