Kaynota va kelin

Assalomu alaykum! Bu savolni berishimdan judaxam xijolatman, lekin maslaxatingizga muxtojman. Ro‘za oyining o‘rtalarida iftorlikka yaqin qolganda qaynotam o‘g‘limni sochini oldirib kelaman deb qoldilar, man adajon bu ishni ertaga qoldirsak maylimi, bugun kech bo‘ldi, ro‘za og‘izsiz, iftorlikka ulgirmay qolamiz, xam o‘g‘lim shomollagan boshini xar kuni yuvolmiman. Orada bir ikki kun o‘tkizsak nima disiz - deyishim bilan qaynotam mani uyat so‘zlar bilan xaqoratlay ketdi. Kamiga uydan qaychi olib chiqib, 5 yoshlik o‘g‘limni orqasidan quvlab “sochingni boshinga qo‘shib olib tashiman, iflosni bolasi” deya yugurib quvlab ketdilar. O‘g‘lim qo‘rqanidan “onajon qutqaring” deya orqamga berkinib oldi. Man farzandimni ximoya qilish maqsadida xonaga kirib eshikni qulflab olishga xarakat qildim, lekin buzib kirib qaychini tirab juda xam og‘ir so‘zlar bilan xaqoratlab, yuzimga tarsaki urdilar. Qo‘llarini mushtlab urishga xarakat qildilar, kamiga “sani o‘ldiraman” dedilar. Allohim guvox bunday moumalaga yarasha ish qilganim yo‘q. Faqatgina “adajon o‘zizni bosing, navaralariz qo‘rqib ketvotti dedim. Agar o‘ldirishni xoxlasez, Allohdan qo‘rqmasez, o‘g‘lizga, navaralarizga nima deb javob berasiz” deyoldim. Oldinlari xam ko‘p xaqoratlaganlar, bunday muomalani sababini bilolmiman. Axir qaynotamni o‘z otamday ko‘rsam, ularga chin dildan xizmatlarini qilardim. Xozir esa adajon bilan gaplashmimiz, salom bersam alik omidilar. Bu masalada sizlarning maslaxatingiz kerak, gunox ish qilishdan Allohdan qo‘rqaman. Bu yog‘iga qanday yo‘l tutay? O‘z o‘g‘lini jufti xaloliga tegingan insonni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “O‘z o‘g‘lini jufti xaloliga tegingan”dan siz urmoqchi bo‘lib turtganini iroda qilgan bo‘lsangiz bu bilan nikohga zarar etmaydi. Siz shuncha yil yashab qaynotangizni xarakterini o‘rganib olishingiz kerak edi. Endi bundan buyog‘iga shu kabi holatlarga tushishdan ehtiyot bo‘ling, oldini oling. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 06:58 | Савол-жавоблар | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar