Ahli kitoblar haqida
Assalomu alaykum! Men bilan hamkasbim Dilyorbek bir masalada tortishib qoldik. Dilyorbek mendan “Kofir kim?” deb so‘radi. Men “Iymon keltirmagan” dedim. U “Yaxudiy va Nasroniy dinidagilarchi?” dedi. Men “ular ham” desam, Dilyorbek “Ular kofir emas” dedi. Men “Ular kofir bo‘lmasa, ularni ahli kitoblar deydi” dedim. Dilyorbek bo‘lsa, “Ular ham jannatga kiradi” dedi. Men “Ular jannatga kirmaydi” desam, Dilyorbek “Nega kirmas ekan, axir u dinni ham Alloh yuborgan u ham Allohni dini. U dindagilar ham jannatga kiradi” dedi. Men kirmaydi deb bilganimcha bir-ikki dalillar va misollar keltirishga harakat qildim. Bizni tortishuvimizga boshqa ko‘plab hamkasblarimiz aralashdi. Yarmi men tomon, yarmi u tomon. Aytishayaptiki, “Nima ularni aybi Amerika, Rossiya yoki boshqa davlatida tug‘ilib qolganimi? Siz bilan bizning ota-bobolarimiz musulmon bo‘lgani uchun biz musulmonmiz bo‘lmasa biz ham boshqa dinga e’tiqod qilib yurgan bo‘lardik” deb meni og‘zimni ochishga ham qo‘yishmadi. Bu baxsimiz uzoq davom etdi, men qisqartirdim. Meni bilganim din borasida bu darajada ko‘p tortishib bo‘lmasligi. Oxiri ular bilan siz ahli ilmlarga savol bilan murojaat qilib batafsil javob olishga kelishib bu tortishuvni to‘xtatdik. Sizlardan iltimos bu masalaning javobini yuboringlar telegramm tarmog‘ida boshqa hamkasblarimiz ham javobingizni kutib turishibdi. Oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Bayyina” surasida marhamat qiladi:لَمْ يَكُنِ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَالْمُشْرِكِينَ مُنفَكِّينَ حَتَّى تَأْتِيَهُمُ الْبَيِّنَةُ1. Ahli kitob va mushriklardan bo‘lgan kufr keltirganlar «bayyina» kelmaguncha, ajralmasdilar. Ushbu oyati karimadagi «Ahli kitob»dan murod yahudiy va nasorolardir. Buzilgan bo‘lsa ham, samoviy kitobi bor qavmga «ahli kitob» deyiladi. Ushbu oyati karima nozil bo‘lgan paytda ham, hozir ham yahudiy va nasoro(xristian)lardan boshqa ahli kitob yo‘q. Yahudiylar Tavrot ahli, nasorolar Injil ahlidirlar. Shuningdek, oyatdagi «mushriklar»dan murod butparastlardir. Ba’zi kishilar: «Yahudiylar va nasorolar ham mushrik-ku, yahudiylar «Uzayr – Allohning o‘g‘li», nasorolar «Iyso – Allohning o‘g‘li», deyishadi-ku», degan mulohaza bilan ushbu oyati karima ma’nosi haqida bir oz o‘ylanib ham qolishadi. To‘g‘ri, ularda ham mushriklik alomati bor, lekin ahli kitoblik vasfi ustun. Shuning uchun ularni «ahli kitob» deyilaveradi. «Ahli kitoblar ham Allohga, Payg‘ambarga, ilohiy kitobga, oxiratga iymon keltiradi-ku, ular mo‘min bo‘lishmaydimi?» degan savol ham noo‘rin. Chunki ular Alloh aytganidek, iymon keltirishmagan, Allohning amrini va Kitobini o‘zlaricha buzishgan, bu esa kufrning kattasidir. Avval ham aytib o‘tilganidek, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Qur’onni qabul qilib olib, Islomga chaqirishlari ochiq-oydin hujjat bo‘lgan. Jumladan, ahli kitob va mushriklarning kufr va zalolatda ekanliklarini ham bayon qiluvchi ochiq-oydin hujjat bo‘lgan. Oyati karimada «Ahli kitob va mushriklar ana o‘sha «bayyina» kelguncha ajralmasdilar», deyilmoqda. Nimadan ajralmasdilar? O‘zlari lozim tutgan kufr va zalolatdan. Ularning hammalari ota-bobolaridan ularga meros bo‘lib qolgan kufrlari va zalolatlaridan ajralmasdan avval qanday bo‘lsalar, shunday bo‘lib yuraverar edilar. Lekin Alloh taolo tomonidan hidoyat va haqiqatning «bayyina»si – ochiq-oydin hujjati bo‘lib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarliklari kelgandan so‘ng, ularning ba’zilari kufr va zalolatdan ajrab, iymon va hidoyatga kira boshladilar. Zotan, dastlab musulmon bo‘lganlarning asli ahli kitob yoki mushrik bo‘lgandir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu oyati karimaning ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: Ahli kitob bo‘lmish yahudiy va nasorolar hamda mushriklardan iborat bo‘lgan kufr keltirganlarga o‘tgan ilohiy kitoblarda zikri kelgan «bayyina» – hujjat – Muhammad alayhissalom payg‘ambar bo‘lib kelmagunlaricha ular o‘z kufrlari va zalolatlaridan ajralmasdilar. «Bayyina» – «haqni bayon qiluvchi hujjat» nimaligini kelasi oyat tushuntiradi.رَسُولٌ مِّنَ اللَّهِ يَتْلُو صُحُفًا مُّطَهَّرَةً2. U (bayyina) Alloh tarafidan yuborilgan Rasul bo‘lib, poklangan sahifalarni tilovat qiladir. «Bayyina» Alloh tomonidan yuborilgan Rasuldir. U yolg‘ondan, shakdan, nifoqdan, zalolatdan va barcha shunga o‘xshash iflosliklardan poklangan sahifalarni – Qur’onni ularga o‘qib beradi.فِيهَا كُتُبٌ قَيِّمَةٌ3. Ularda to‘g‘ri bitiklar bor. Ya’ni Alloh taolo tomonidan yuborilgan, haqning botildan farqini bayon qiluvchi hujjat bo‘lmish Payg‘ambar ularga o‘qib beradigan o‘sha sahifalarda to‘g‘ri, haq, mazmundor, qimmmatbaho bitiklar bordir.وَمَا تَفَرَّقَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ إِلَّا مِن بَعْدِ مَا جَاءتْهُمُ الْبَيِّنَةُ4. Kitob berilganlar ularga «bayyina» kelganidan so‘nggina bo‘linib ketishdi. Avval kitob berilganlarning hammalari bir ovozdan, ittifoq bo‘lib, «Yaqinda yangi Payg‘ambar chiqadi, bizning muqaddas kitoblarimizda uning bunday-bunday sifatlari kelgan», deb aytishardi. Alloh taolo xuddi o‘sha sifatlarga ega bo‘lgan zotni – Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilib yuborganidan so‘ng esa ular tafriqaga tushib, bo‘lindilar, ba’zilari iymon keltirib, musulmon bo‘ldi, ba’zilari hasad qilib, inkor qildi, uchinchilari esa «Biz aytgan payg‘ambar boshqa edi», – deyishdi va hokazo.وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ حُنَفَاء وَيُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُؤْتُوا الزَّكَاةَ وَذَلِكَ دِينُ الْقَيِّمَةِ5. Holbuki, ular faqat Allohga, dinni Unga xolis qilgan, boshqadan unga burilgan holda ibodat qilishga, namozni to‘kis ado etishga, zakot berishga buyurilgan edilar, xolos. Ana shu to‘g‘ri(millat)ning dinidir. Ha, ahli kitob bo‘lmish o‘sha yahudiy va nasorolar Tavrot va Injilda faqat Alloh taoloning O‘zigagina ibodat qilishga amr etilgan edilar. Ammo ular bu amrni bajo etmadilar. Ular Allohdan boshqaga – Uzayrga, Iysoga, Maryamga, hatto o‘z ahbor va rahbarlariga ham ibodat qildilar. Alloh subhanahu va taolo «Tavba» surasida «Allohdan boshqa o‘zlarining hibr va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni Robb tutdilar. Vaholanki, ular faqat yagona Ilohga ibodat qilishga buyurilgan edilar», degan. Albatta, ahbor va rohiblarga ibodat qilish ularga sajda qilish emas, ularning o‘zlaricha halol deganini halol bilib, harom deganini harom bilib, Alloh taoloning aytganini qo‘yib, ularning aytganiga yurishdir. Ha, ahli kitoblar bo‘lmish yahudiy va nasorolar faqat Alloh taoloning dinigagina ixlos qilishga, xolis shu dingagina amal qilishga amr qilingan edilar. Lekin ular bu amrni bajo keltirmadilar. Ular Alloh taoloning diniga turli-tuman narsalarni, jumladan, o‘zlari to‘qib chiqargan bid’at-xurofotlarni ham aralashtirib yubordilar. Alloh taoloning diniga ixlos qilish faqat Alloh taoloning O‘zini ko‘zlab, roziligini o‘ylab ish qilishdan iboratdir. Ixlos ibodatning mag‘izidir. Hadisi qudsiyda Alloh taolo: «Men shirkdan behojatlarning behojatiman. Bas, kim bir amal qilsa-yu, unda Mendan boshqani shirk keltirsa, Men uni ham, shirkini ham tark qilurman», – degan. Ulamolarimiz amallarni uchga taqsimlaganlar: 1) Amr qilingan amallar. Bularni qilishda Alloh taoloning roziligini ko‘zlash shart. Agar niyat sal boshqacha bo‘lsa, riyoga aylanadi. 2) Nahyi qilingan – qaytarilgan amallar. Bunday amallarni niyat qilmay, tark qilsa, ularning zararidan forig‘ bo‘ladi, ammo savob olmaydi. Ammo niyat qilib, Alloh taoloning roziligi uchun mazkur ishlarni tark qilsa, ajr oladi. 3) Muboh amallar. Emoq-ichmoq, oila hayotiga o‘xshash ishlar. Bu amallarni niyatsiz qilsa, ajr olmaydi. Ammo Alloh taoloning roziligini olish niyatida qilsa, ajr oladi. Har bir muboh amal Alloh taoloning roziligini niyat qilish ila ibodatga aylanadi. Ibodatga quvvat bo‘lsin, degan niyatda taom tanovul qilish ham ibodat. Shuningdek, ular «…boshqadan unga burilgan holda ibodat qilishga…» buyurilgan edilar. Ha, ahli kitob bo‘lmish yahudiy va nasorolar Alloh taoloning dinida sobit turishga, boshqa dinlarga moyil bo‘lmaslikka amr qilingan edilar. Ular bu amrni ham bajo keltirmadilar. Alloh taoloning dini Islom qolib, turli din va mazhablarga ergashib ketdilar. «…namozni to‘kis ado etishga, zakot berishga buyurilgan edilar, xolos». Ha, ahli kitob bo‘lmish yahudiy va nasorolar namozni to‘la-to‘kis ado etishga, farz bo‘lgan zakotni berishga amr qilingan edilar. Ammo ular bu amrni ham bajo etmadilar. Ular o‘zlariga buyurilgan mazkur amrlarni bajo etganlarida, o‘zlariga yaxshi bo‘lar edi. Chunki «Ana shu to‘g‘ri(millat)ning dinidir». Ana o‘sha vasfi yuqorida zikr qilingan to‘g‘ri millatning dini – Islom millatining dinidir. Modomiki, o‘sha ahli kitobdan va mushriklardan bo‘lgan kufr keltirganlar Alloh taoloning amrini ado etmagan ekanlar, to‘g‘ri yo‘ldagi millatning diniga yurmagan ekanlar, endi...إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَالْمُشْرِكِينَ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا أُوْلَئِكَ هُمْ شَرُّ الْبَرِيَّةِ6. Albatta, ahli kitob va mushriklardan bo‘lgan kufr keltirganlar jahannam otashidadirlar, unda mangu qoluvchidirlar. Ana o‘shalar xaloyiqning eng yomonidirlar. Ya’ni ahli kitob bo‘lsin, mushrik bo‘lsin – baribir, Qur’onga, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmay, kufr keltirsa, oxiratda jahannamga tushadi va u erda abadiy qoladi. Ular xaloyiqning eng yomonidirlar. Chunki dunyoda kofirlikdan ko‘ra yomonroq narsa yo‘q. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh.
21 Апрел 2022, 07:10 | Савол-жавоблар | 203 | Aqiyda