Men namozni to‘g‘ri ado etamanmi?

Bismillahir Rohmanir RohiymInsonni xilqatda va unga amallarning afzali bo‘lmish namozni farz qilish bilan ibodatda ulug‘lagan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar bo‘lsin!Hayoti qiyomatgacha barcha basharga namuna bo‘ladigan, umrining oxirgi lahzalarida ham ummatini o‘ylab, “Namoz, namoz...” deya buyurgan Muxammad Mustafoga salavotlar va salomlar bo‘lsin!Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu, Muhtaram Shayx Hazratlari!Har bir musulmon bilishi kerakki, inson Allohni tanib, Unga iymon keltirgandan so‘ng, barcha makon va zamonlarning yagona Egasi bo‘lmish Allohga ibodat qilishi, ya’ni Uning buyruqlarini bajarib, qaytariqlaridan uzoqlashishi lozim. Ma’lumki, shunday buyruqlarning boshida banda uchun eng ulug‘ ibodat sanalgan namoz turadi. Men ham, Olamlarning Robbisi Allohning inoyati ila qalbimga iymon nuri kirib kelgach, namoz ado etish har bir inson uchun farzligini bilgach, bu amalni ishq bilan o‘rganishga kirishdim. Haqiqiy huzur va halovat ta’mini bildim. Ustozlar o‘z saviyasi darajasida o‘rgatib borgan sari kamchiliklarim borligini ham bildim, ularni tuzata bordim. Gohida kichik ko‘ringan savollar ham paydo bo‘lardi. Lekin hamma vaqt ham istalgan savollarga javob topa olmasdim, topganimda qoniqishim to‘laqonli bo‘lmasdi, manbalar ham oz edi. Yillar davomida namozlarimni ado etavergan sari, undagi kamchiliklarni muyassar etganicha bartaraf qilishga harakat qildim, ko‘payib borgan safdoshlardan, ustozlardan, murshid olimlardan so‘rab bordim. Kitoblar, va ayniqsa Siz muhtaramning kitoblaringiz asosida ham namozlarim isloh topdi. Namozga juda jiddiy munosabatim uchun bo‘lsa kerak (chunki bu ibodatga boshqacha munosabat qilib ham bo‘lmaydi), xohlagan va xohlamagan holda boshqalar bu ibodatni qanday bajarishiga alohida e’tibor bilan qarardim, ozroq tafovutlarni ko‘rsam, savollar paydo bo‘lardi, so‘ralardi. Imomlardan ko‘rib o‘rgansam, safdoshlardagi xatolarni ilg‘ay ham boshladim. Boshqa mazhabdagilaru bemazhablarning namozlarini ko‘rib, yana savollar paydo bo‘lar, yana javoblar qidirilar, ilmli kishilarga savollar berilar, kitoblar o‘qilardi. Sizning kitoblaringizning bu boradagi o‘rni beqiyosligini ta’kidlash lozim. Lekin shu bilan birga, menga ma’lum bo‘ldiki, ba’zi birodarlar namozni bir marta o‘rganib olib, uni takomillashtirish borasida qattiq qayg‘urmas ekanlar. Ammo, namozni to‘g‘ri ado etmoqdamanmi yoki yo‘qmi, rukuni buyurilganidek bajardimmi, sajdamda xato yo‘qmi, qo‘llarimni to‘g‘ri holda tutdimmi, oyoqlarimni to‘g‘ri qo‘ydimmi kabi savollari bor birodarlar juda ko‘p ekan. Shunday savollari bo‘lsa ham, ko‘pchilik negadir bu savollarni o‘z imomlariga, olim domlalarga berishga tortinishar ekan. Namozdagi af’ollar — harakatlarni yon-atrofdagilarga qarab tuzatish imkoni bo‘lsada, ba’zi jihatlarda, ayniqsa namoz ichidagi azkor — zikrlarda bunday imkon yo‘q.Ayniqsa namozni endigina boshlaganlar bu borada savol berishdan tortinib turadilar. Buning ustiga, birovning namozida bir-ikki xatoni ko‘rib, xayrxohlik niyatida aytish ham nozik masala bo‘lib qolgan. Safdoshga, ayniqsa yoshi ulug‘ namozxonlarga xatolarini ko‘rsatib, bildirmoqchi bo‘lsangiz, ba’zilari xafa ham bo‘lishadi. Tashakkur aytadiganlar ham bor, albatta. Ammo yana bir holat borki, unda ba’zi o‘zi chala o‘rgangan kishilarimiz endi namozni o‘rganib, masjidga qatnay boshlagan kishilarda kichkina xatoni ko‘rsa butun jamoat ichida unga “tashlanadi”, ko‘pchilik oldida izza qiladi, haligi kishi xijolatga botib, masjidga kelmay qo‘ygan hollar ham bor.Imomlar xatolarni tuzatish uchun jamoatga tushuntirib borsalarda, bu xatolar takrorlanib ham turadi. Inson xatolardan xoli bo‘lmagani uchun namozdagi nuqsonlarni xohlamagan holda tolibi ilmlarda ham ko‘rib qolamiz. Shunda menda savol paydo bo‘ladi: Men-chi, men o‘zim namozni to‘g‘ri ado etyapmanmi? Namozim ichidagi amallar va zikrlarning hammasi shariatimiz ahkomlariga, Abu Hanifa mazhabiga muvofiqmi? Bajarayotgan harakatlarimda xato yo‘qmi? Shuning uchun ruxsat bersangiz, namozimni Sizga nutqim ila havola qilib, uning har bir bosqichida to‘xtab, Sizdan o‘tkazib olsam. Bu ish ilm talabi jihatidan menga, boshqa namozxonlarga hamda savobi jihatidan Sizga albatta manfaatli bo‘lishida umidim bor. Allohdan bu manfaatlarni ko‘paytirib ta’minlashini so‘rayman! Omiyn.Men Hanafiy mazhabida namozni shunday o‘qiyman:1. Avvalo, namozni ko‘zlab, tahoratim komil ekanligiga ishonch hosil qilaman. Tahorat bo‘lmasa yoki uning holati namozimga xalal bermasligiga ko‘zim etmasa, yangi tahorat olaman. Endi kim uchun tahorat olganim, hozir kim uchun namozga turishimni his qilib, dunyo tashvishlarini tashqarida qoldirib, masjidga — Allohning uyiga kiraman. Shunday to‘g‘rimi?2. Azon aytilgan. Jamoat jam bo‘lgan. Fikrlar jamlangan. Masjidda muazzin iqomani aytganda safga turaman. Oyoqlarimning orasidagi masofa bir kaft (to‘rt panja eni) barobaridan qisqa bo‘lmaydi, elka kengligidan keng bo‘lmaydi, oyoq barmoq uchlari bir yo‘nalishda — qibla tomonga qaragan holda turadi, biri o‘ng boshqasi chap tomonga qarab emas. Agar imom bilan bir o‘zim bo‘lsam, imomning o‘ng tomonida, undan bir oyoq izi orqaroqda, oyoq panjalarimni uning tovoniga to‘g‘rilab turaman. Agar ergashuvchilar ikki kishi va undan ko‘p bo‘lsak, imomning o‘rtada bo‘lishini ta’minlagan holatda orqasidan saf tortamiz.Shunday to‘g‘rimi?3. Endi qalbimni hozirlayman. Imomning takbiri taxrimasini diqqat bilan kutaman. Takbiri ulaani o‘tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Takbiri ulaa — bu imomning “Allohu akbar” aytganida, uning “akbaru” lafzi oxiriga o‘zimning takbirim avvalini ulab aytishimdir. Rivoyatlarga ko‘ra bunga ham alohida ulkan savoblar va’da qilingan.Shunday to‘g‘rimi?4. Imomning takbiriga ulab, men ham takbirni maxfiy aytib, qo‘limni qovushtiraman: o‘ng qo‘lim kaftini chap qo‘lim kafti bilan bilagimni bog‘laydigan bo‘g‘in ustidan qo‘yaman, bunda o‘ng qo‘limning bosh barmog‘i va jimjilog‘i bilan chap qo‘l kaft bo‘g‘inining ikki yonidan ushlab, qo‘llarimni “qulflayman”. Qolgan o‘rta uch barmog‘im chap qo‘lim ustida jips turadi va shunday holda bog‘langan qo‘llarimni kindigim ostiga tashlayman. Qomatimni tik tutaman, umurtqam orqaga og‘ib ketmaydi, qorin qismim ozroq orqaga tisarilgan, qo‘lim qovushganda turishimdan tavoze’ ko‘rinib turadigan holatda bo‘laman, boshimni juda ham pastga egmayman, juda ham yuqoriga qaratmayman, nigohimni sajda qiladigan joyimga tikaman, undan yuqoriga ko‘tarmayman, boshqa tomonlarga yuzimni, yoki nigohimni burmayman. Chunki men namozdaman. Chunki men “Allohu akbar” — Alloh eng buyukdir degan e’tirof ila qalbimni va o‘zimni Allohga qaratdim, boshqa barcha narsalardan voz kechdim: suyukli farzandimdan, ayolimdan, mulkimdan, foydali kasbimdan, tashvishlarimdang, barcha-barchasidan — Alloh ularning barchasidan buyuk! Hozir men uchun Allohdan boshqa barcha narsa arzimasdir degan holatga kirdim. Shunday holatda boshqa narsaga chalg‘ishim, Allohdan chalg‘ishim demakdir. Namozda uchta ortiqcha harakat, ya’ni namozdan bo‘lmagan harakat uning buzilishiga olib keladi. Shuningdek, gapirish, birovga salom berish yoki unga alik olish, yuzini burib qarash, uch marta harakatdan oshib, biror joyini qashish ham mumkin emas. Shunday to‘g‘rimi?5. Allohdan qo‘rquv, umid ila va Unga nisbatan favqulodda ehtirom bilan sano duosini o‘qiyman. Sanoda aytiladigan lafzlar — bu mening tengi va sherigi yo‘q Zotga — Allohga bevosita qaratilgan so‘zlarimdir. Shu lafzlar bilan men namozga kirishaman. Shunga yarasha Sanoni xokisorlik va tavozu’ bilan aytaman: “Subhanaka Allohumma va bihamdika, va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va laa ilaaha g‘oyruk”. Bu lafzlarning ma’nosini tadabbur qilgan holda aytaman. Men bu lafzlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kimga aytyapman, Kim bilan so‘zlashyapman, Kimning oldida tik turibman — buni qalbim larzaga kelib, etlarim jimirlagan holda his qilaman, shunday bo‘lishiga harakat qilaman. Shunday to‘g‘rimi?6. Keyin imomning tilovatini tinglab, xushu’ va xuzu’ ila turaman. Imom orqasida turib namoz o‘qiganimda sanodan so‘ng “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym”, “Bismillahir Rohmanir Rohiym” ni aytmayman, imomning orqasida turib “Fotiha” surasini ham shivir-shivir qilib, uni qaytarib turmayman, imomni ham chalg‘itmayman. Chunki imom “A’uzu...”ni, “Bismillah...”ni aytib, tilovat qilib turibdi. Allohning Qitobida kelgan buyruqqa binoan Qur’on tilovatini “qotib turgan holda” tinglashim farzdir. Ortiqcha harakat mumkin bo‘lmaydigan namoz ichida esa bu buyruqning kuchi yanada oshadi. Va ham, mujtahidlarning aytishicha, imomga iqtido qilgan holimda sanodan keyin hatto “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym”, “Bismillahir Rohmanir Rohiym” deyishim imomni inkor qilishdek bo‘ladi. Shuning uchun imomga iqtido qilganimda, sanodan keyin “A’uzu billahi...” va “Bismillah...” dan hech birini aytmagan holda, suralarni ham tilovat qilmagan holda, imom tilovatini tinglab turaman. Qiroat maxfiy bo‘lgan hollarda, jahriyda bo‘lganidek, batamom Allohga qaratilgan bo‘ladi. Allohga nisbatan qo‘rquv va umid bilan turaman. Allohni ko‘rib turgandek, hech bo‘lmaganda U meni ko‘rib turganini his qilib turgan holda bo‘laman. Uning qudratini, o‘zimning ojizligimni his qilib, “mana, hozir jonimni olib qo‘yishi mumkin” degan buyuk hadik bilan chulg‘anib turaman. Jamoat namozini qabul qilishda Alloh taolo shu jamoatdagilarning namozdagi xushu’si va xuzu’si eng yuqori bo‘lgan namozxonga qaraydi va qolganlarning ham namozini o‘shaning namozi darajasida yozadi. Jamoat namozining biri yigirma etti barobar ko‘paytirib yozilishi ham shundandir. Namozda yig‘lagim kelsa, ko‘zlarimdn yosh oqsa, etlarim jimirlab ketsa namozimdan ma’lum miqdorda huzur va qoniqish ham hosil qilaman. Chunki rivoyatlar asosida bilamanki, agar shunday holat menda ro‘y bersa, demak namozimda menga farishtalar jismini tekkizgan bo‘ladi. Bu ham bo‘lsa namozimdagi xushu’ va xuzu’ natijasidir. Demak men shu holat bilan yanada ko‘proq qalbimni Allohga qaratishim kerakdir. Bir o‘zim namoz o‘qiganda sanodan keyin “A’uzu billahi...” va “Bismillah...” ni aytib “Fotixa”ni o‘qiyman, keyin esa zam surani “Bismillah...” demasdan qo‘shib o‘qiyman.Shunday to‘g‘rimi?7. Imom takbir aytib, ruku’ga ketganda, takbir tugashi bilan men ham “Allohu akbar” ni ichimda aytib, ruku’ga ketaman. Bunda kaftim bilan tizzamning chig‘anoqlarini changallab olaman, barmoqlarim orasi mubolag‘a darajasida ochilgan bo‘ladi. Qo‘llarim tizzamga gavdam og‘irligi ostida tiralib turadi, xuddiki qo‘lim bilan gavdamni oyoqlarimdan uzoqlashtirmoqchi bo‘lgandek va bunda qo‘llarim tekis, bukilmagan, tizzamga tiralib, oyoqlarimni ham tekis tutib turadi. Bu holda bo‘ynim va elkamdan tortib belimgacha umurtqam bir tekis bo‘lishini ta’minlashga intilaman. Bunda belim ozroq bo‘shashadi (Ana shu holat, ya’ni to‘g‘ri ruku’, bel og‘rig‘i bilan xastalanganlarga dardda engillik va tuzalish ham olib kelar ekan). Ruku’da nigohimni ikki oyoqlarim uchi orasiga qarataman. Bu holatim o‘zimni Robbim oldida qasddan haqir, xokisor tutishimdir, boshqa birovga nisbatan o‘zimni bunday tutmayman. Shu holatimni anglab turib, “Subhana robbiyal aziym” deb uch marta, yoki besh marta, yoki etti marta yoki undan ko‘p toq marta (imomga ergashishimni kechiktirmagan darajada) aytaman. Shunday to‘g‘rimi?8. Imom “Sami’allohu liman hamidah” deb ruku’dan bosh ko‘targanda, men ham “Robbana lakal hamd” deb qomatimni tik ko‘taraman. Bunda, rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam o‘rgatganlaridek, umurtqalarim tik holatimdagi o‘z o‘rniga joylashib olgunchalik turaman. Bu uchun, iloji boricha ozroq orqaga ham og‘inib olaman. Qanoat hosil qilgach, keyingi harakatga o‘taman. Shunday to‘g‘rimi?9. Keyingi harakatim sajda bo‘ladi. Imom takbir aytib sajdaga borgach, takbir tugashida men ham takbir ila birinchi sajdaga boraman. Sajdaga borayotganimda erga avvalo ikki tizzam, keyin ikki kaftim, keyin burnim va so‘ng peshonam tegadi. Sajda holatimda old tomondagi og‘irligim qo‘llarimga va boshimga birdek taqsimlanadi: peshonamga og‘irligimni tashlab, qo‘llarimni bo‘sh qo‘ymayman, va aksincha, qo‘llarimga tiralib, boshimning og‘irligini ko‘tarib turmayman. Lekin bel qismim, ya’ni bel bo‘g‘ini ham gavdamni ma’lum miqdorda ushlab turadi. Sajdada qornim sonimga tegmaydi, iloji boricha, masjiddagi imkoniyatga qarab, oldinroqqa intilib sajda qilishga harakat qilaman. Tirsaklarimni erga tekkizmayman, chunki erga tirsak tekkizib sajda qilishni Payg‘ambar alayxissalom “it sajdasi” deb ataganlar. O‘zim bemalollikda namoz o‘qiganimda qo‘ltiqlarim orasi ham ochiqroq bo‘ladi. Lekin jamoatda o‘qiganimda ixchamroq bo‘lib olishga intilaman, chunki safdagi jipslik, masjiddagi izdihom shuni taqozo qiladi. Va agar tirsagimni yon tomonga chiqarsam, suyakli joylarim (zero tirsak bukilganda bo‘g‘in suyagi tashqariga qaragan bo‘ladi) safdoshlarimga ozob berib qo‘yadi va bu narsa men xohlamasam ham, mening va yonimdagi safdoshlarimning namozimiz savoblari kamayishiga sabab bo‘ladi. Shunday to‘g‘rimi? 10. Sajdada o‘zimni xosroq holatda tutishga harakat qilaman: bu mening eng haqir, xorlangan holatim, peshonamni va burnim uchini erga tekkizib, o‘zimni shunchalik xokisor tutamanki, buni faqat Alloh uchun qilaman, va boshqa hech kimga, hech qanday holatda men bu ishni qilmayman. Bularni anglab turishim esa, mening sajdadagi xushu’im va tavozu’imdir. Va yana, hadislardan o‘rganib, bilib turamanki, Robbimga eng yaqin holatim shu — sajdadagi holatimdir. Va aynan shu holatimda Rahmon sifatli Egam mening yuzimga yuzini tekkizib turgan bo‘ladi. Bu his menga lazzat baxsh etadi. Bu lazzatli holatimni ilojim boricha davomli bo‘lishiga intilaman: “Subhana robbiyal a’laa” deb uch marta, yoki besh marta, yoki etti marta yoki undan ko‘p toq marta aytaman. Qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi. (Albatta, bu ishni yakka o‘zim namoz o‘qiganda qilaman. Agar imom orqasida o‘qisam yoki imomlik qilsam, buning davomiyligini mo‘’tadil maromda qilaman, ko‘p cho‘zmayman, va qisqa qilib ham qo‘ymayman.) Sajda paytida qo‘llarim barmoqlarini mubolag‘a darajasida jipslashtirib, barchasini qibla tomonga qarataman, jumladan bosh barmoqlarimni ham. Bunda kaftlarim orasidagi masofa elkam barobarida bo‘ladi, bosh barmoqlarim uchlari esa yuzimni erga qo‘yganimda qoshlarim tengida bo‘ladi. Nigohim burunlarim uchiga qaratilgan bo‘ladi. Sajdaga borgandan keyin, sajda uchun xalal bergan narsani olib tashlashga, notekislikni tekislashga urinmayman. Chunki bu namozimga putur etkazadi. Sajdada qo‘llarim uchini bir-biriga ham qaratib qo‘ymayman, chunki bunda, avvalo, ularni qibladan burgan bo‘laman, ikkinchidan esa, aynan shu holatda tirsaklarim yon tomonga chiqib, yonimdagi safdoshimga qadalgan bo‘ladi. Qattiq joyim — tirsak suyagim bilan namoz ichida, ayniqsa sajdada birodarimga ozor berishim, uning namozini behalovat qilib qo‘yishim, oqibatda o‘zimning namozimga putur etkazmaydimi? Shunday to‘g‘rimi?11. Imom takbir ila birinchi sajdadan bosh ko‘tarib o‘tirganda, men ham ergashib, takbir bilan o‘tiraman. Shu holimda ikki marta “Allohumma-g‘firli” deb aytaman. O‘tirganimda qo‘llarim barmoqlari qibla tomonga yo‘nalgan holda ikki sonim ustida bo‘ladi, juda jips ham emas, juda orasi ochiq ham emas, mo‘’tadil ixcham holatda bo‘ladi. Barmoqlarim uchlari tizzam uchi bilan tekis turadi, tizzamdan oldinga qarab chiqib ketmaydi, juda orqaga ham tortilmaydi. Oyoqlar esa son boldir qismiga, dumba qismi tovonga tegib turgan, bunda chap oyoq uchi o‘ng tomonga yo‘nalgan holda bo‘ladi. O‘ng oyoq kafti esa tikka holda, barmoqlari erga tiralib, barmoqlarning uchi qiblaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Nigohim ko‘ksimga, uning chaprog‘iga moyilroq qadalgan bo‘ladi. Shu holatda imom takbiriga ergashib, ikkinchi sajdaga bosh qo‘yaman. Bunda ham birinchi sajdadagi barcha holatlar takrorlanadi. Shunday to‘g‘rimi?12. Imom takbir ila ikkinchi sajdadan qiyomga turayotganida men ham og‘irligimni oyoqlarimga olib, iloji boricha qo‘llarim bilan erga tisarilmay qiyomga turaman. Qomatim tiklanib bo‘layotgan zahoti qo‘llarimni qovushtirib olaman. Oyoqlarimning qiyomdagi holatini, ya’ni ularni qanday qo‘yishimni aytgandim: ikkisi ham barmoqlari bilan qibla tomonga bir xil qaratilgan bo‘ladi, biri chapga, ikkinchisi o‘ngga qarab emas. Aynan ana shu holat o‘ng oyog‘im uchun sajdaga borganimda ham, sajdadan turayotganimda saqalanib qoladi. Ya’ni o‘ng oyog‘im uchi deyarli turgan joyidan qimirlamaydi, qiyomda ham, sajdada ham o‘ng oyoq uchi turgan joyida turadi va sajdadan turayotganimda safda aynan avvalgi holatimda, safning avvalgi chizig‘ida turib yana qiyomga rostlanaman.13. . Ikkinchi rak’at boshlanadi. Yana namozning boshidagi holatda bo‘lib, ikkinchi rak’at tilovatini tinglayman. Ikkinchi rak’atni ham birinchi rak’at kabi ado etaman. Ushbu rak’atda ikkinchi sajdadan so‘ng qiyomga turmasdan, qa’daga o‘tiraman. O‘tirganda xuddi ikki sajda o‘rtasidagi o‘tirishdek o‘tiraman: va “Attahiyatu lillahi vas solavatu vat toyyibaat, assalamu alayka ayyuhannabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu alayna va ala ibadullahis solihiyn. Ashhadu al-laa ilaaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh” ni o‘qiyman. Bunda “Ashhadu al-laa...” iborasini aytayotganda, “...laa...”deb turib, o‘ng qo‘lim ko‘rsatkich barmog‘ini qibla tomonga yo‘naltiraman. Bu ishorai sabboba deyiladi. (O‘sha“...laa...” lafzini aytayotganimda nigohimni ko‘ksimdan shu ko‘rsatkich — sabboba barmog‘imga ko‘chiraman va keyingi harakatga o‘tguncha nigohim unda bo‘ladi.) So‘ngra salovot aytaman: “Allohumma solli ala Muhammadin va alaa ali Muhammad, kama sollayta alaa Ibrohima va alaa ali Ibrohim, innaka Hamiydum Majiyd. Allohumma barik ala Muhammadin va alaa ali Muhammad, kama barokta alaa Ibrohima va alaa ali Ibrohim, innaka Hamiydum Majiyd”. Salavot aytib, undan so‘ng namoz ichida duolar qilish joizligidan “Robbanaa atinaa fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qinaa azaban naar” va “Allohummag‘firli va li validayya va lil aqrobaai, va li ustaziyya, va li jami’il mu’minina val mu’minaat, al-ahyaa’i minhum val amvaat” deb, boshimni avval o‘ng tomonga burib, “Assalamu alaykum va rohmatulloh”, so‘ngra chap tomonga burib “Assalamu alaykum va rohmatulloh”, deb namozni tugataman. Boshimni burganda nigohim elkam ustiga tushirilgan, ko‘z qiri bilan elka usti orqali qaraganda ikki orqa qator ko‘rinadigan bo‘ladi. Boshimni tomonlarga burganimda nigohim bag‘rimdan nariga o‘tmaydi. Agar namoz uch yoki to‘rt rak’atli bo‘lsa, shahodat kalimasining “...va rosuluh” lafzidan so‘ng salovotga o‘tmasdan keyingi rak’atga takbir ila turaman va keyingi rak’atlarni yuqorida aytilganidek ado etaman. Bunda farz namozlarida uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarda “Fotixa” surasidan so‘ng boshqa sura zam qilinmaydi. Sunnat va nafl namozlarida ikkinchi rak’atdan so‘ng ham zam suralar o‘qiladi. Agar namozni ahli ayolim yo mahramimdagi ayollar bilan birga o‘qishga to‘g‘ri kelib qolsa, imomlikda iloji boricha eng qisqa suralarni o‘qiyman, namozni ixcham ado etishga harakat qilaman. Chunki ayollarning o‘ziga xos maqomi bo‘lib, yosh farzandlari va boshqa yumushlari bilan bog‘liq holatlari tomonidan ularni betoqat qilib qo‘yishdan tiyilaman. Shunday to‘g‘rimi?Rivoyatlarga ko‘ra, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam Me’rojga chiqqanlari sari, osmonlarning har keyingi qavatiga ko‘tarilganlarida u erdagi farishtalar bir ibodatga mashg‘ul ekanliklarini, bir qavatdagilar hech bosh ko‘rtarmay ruku’ qilib turishsa, keyingi qavatdagilari sajdadan bosh uzishmayotganliklarini ko‘radilar. Alloh taolo barcha maxluqotlari ichida biz insonlarni ulug‘ladi va bizlarga etti qavat osmon farishtalari bajarayotgan bu ibodatlarning barchasini jamlab, bitta qilib berdi. Va bu ibodatlar majmuasining har birini kamida o‘n barobar ko‘paytirib yozishga va’da berdi. Bizni bu darajada ulug‘lagan va shunday baxtga erishtirgan Allohga hamd-maqtovlar bo‘lsin. Bizga bu baxtni qo‘ldan chiqarmaslikni tayinlagan Uning Rasuliga durudu salovotlar bo‘lsin! Ruxsat bersangiz, keyingi savollarimda o‘zimning tahorat olishimni va undan so‘ng masjidda bo‘lish odoblariga rioya qilishimni Siz muhtaramdan o‘tkazib olsam.Ehtimom ila, Abu Shokir Vasalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Men Hanafiy mazhabida namozni shunday o‘qiyman:1. Avvalo, namozni ko‘zlab, tahoratim komil ekanligiga ishonch hosil qilaman. Tahorat bo‘lmasa yoki uning holati namozimga xalal bermasligiga ko‘zim etmasa, yangi tahorat olaman. Endi kim uchun tahorat olganim, hozir kim uchun namozga turishimni his qilib, dunyo tashvishlarini tashqarida qoldirib, masjidga — Allohning uyiga kiraman. Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!2. Azon aytilgan. Jamoat jam bo‘lgan. Fikrlar jamlangan. Masjidda muazzin iqomani aytganda safga turaman. Oyoqlarimning orasidagi masofa bir kaft (to‘rt panja eni) barobaridan qisqa bo‘lmaydi, elka kengligidan keng bo‘lmaydi, oyoq barmoq uchlari bir yo‘nalishda — qibla tomonga qaragan holda turadi, biri o‘ng boshqasi chap tomonga qarab emas. Agar imom bilan bir o‘zim bo‘lsam, imomning o‘ng tomonida, undan bir oyoq izi orqaroqda, oyoq panjalarimni uning tovoniga to‘g‘rilab turaman. Agar ergashuvchilar ikki kishi va undan ko‘p bo‘lsak, imomning o‘rtada bo‘lishini ta’minlagan holatda orqasidan saf tortamiz.Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!3. Endi qalbimni hozirlayman. Imomning takbiri taxrimasini diqqat bilan kutaman. Takbiri ulaani o‘tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Takbiri ulaa — bu imomning “Allohu akbar” aytganida, uning “akbaru” lafzi oxiriga o‘zimning takbirim avvalini ulab aytishimdir. Rivoyatlarga ko‘ra bunga ham alohida ulkan savoblar va’da qilingan.Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!4. Imomning takbiriga ulab, men ham takbirni maxfiy aytib, qo‘limni qovushtiraman: o‘ng qo‘lim kaftini chap qo‘lim kafti bilan bilagimni bog‘laydigan bo‘g‘in ustidan qo‘yaman, bunda o‘ng qo‘limning bosh barmog‘i va jimjilog‘i bilan chap qo‘l kaft bo‘g‘inining ikki yonidan ushlab, qo‘llarimni “qulflayman”. Qolgan o‘rta uch barmog‘im chap qo‘lim ustida jips turadi va shunday holda bog‘langan qo‘llarimni kindigim ostiga tashlayman. Qomatimni tik tutaman, umurtqam orqaga og‘ib ketmaydi, qorin qismim ozroq orqaga tisarilgan, qo‘lim qovushganda turishimdan tavoze’ ko‘rinib turadigan holatda bo‘laman, boshimni juda ham pastga egmayman, juda ham yuqoriga qaratmayman, nigohimni sajda qiladigan joyimga tikaman, undan yuqoriga ko‘tarmayman, boshqa tomonlarga yuzimni, yoki nigohimni burmayman. Chunki men namozdaman. Chunki men “Allohu akbar” — Alloh eng buyukdir degan e’tirof ila qalbimni va o‘zimni Allohga qaratdim, boshqa barcha narsalardan voz kechdim: suyukli farzandimdan, ayolimdan, mulkimdan, foydali kasbimdan, tashvishlarimdang, barcha-barchasidan — Alloh ularning barchasidan buyuk! Hozir men uchun Allohdan boshqa barcha narsa arzimasdir degan holatga kirdim. Shunday holatda boshqa narsaga chalg‘ishim, Allohdan chalg‘ishim demakdir. Namozda uchta ortiqcha harakat, ya’ni namozdan bo‘lmagan harakat uning buzilishiga olib keladi. Shuningdek, gapirish, birovga salom berish yoki unga alik olish, yuzini burib qarash, uch marta harakatdan oshib, biror joyini qashish ham mumkin emas. Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!5. Allohdan qo‘rquv, umid ila va Unga nisbatan favqulodda ehtirom bilan sano duosini o‘qiyman. Sanoda aytiladigan lafzlar — bu mening tengi va sherigi yo‘q Zotga — Allohga bevosita qaratilgan so‘zlarimdir. Shu lafzlar bilan men namozga kirishaman. Shunga yarasha Sanoni xokisorlik va tavozu’ bilan aytaman:“Subhanaka Allohumma va bihamdika, va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va laa ilaaha g‘oyruk”. Bu lafzlarning ma’nosini tadabbur qilgan holda aytaman. Men bu lafzlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kimga aytyapman, Kim bilan so‘zlashyapman, Kimning oldida tik turibman — buni qalbim larzaga kelib, etlarim jimirlagan holda his qilaman, shunday bo‘lishiga harakat qilaman. Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!6. Keyin imomning tilovatini tinglab, xushu’ va xuzu’ ila turaman. Imom orqasida turib namoz o‘qiganimda sanodan so‘ng “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym”, “Bismillahir Rohmanir Rohiym” ni aytmayman, imomning orqasida turib “Fotiha” surasini ham shivir-shivir qilib, uni qaytarib turmayman, imomni ham chalg‘itmayman. Chunki imom “A’uzu...”ni, “Bismillah...”ni aytib, tilovat qilib turibdi. Allohning Qitobida kelgan buyruqqa binoan Qur’on tilovatini “qotib turgan holda” tinglashim farzdir. Ortiqcha harakat mumkin bo‘lmaydigan namoz ichida esa bu buyruqning kuchi yanada oshadi. Va ham, mujtahidlarning aytishicha, imomga iqtido qilgan holimda sanodan keyin hatto “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym”, “Bismillahir Rohmanir Rohiym” deyishim imomni inkor qilishdek bo‘ladi. Shuning uchun imomga iqtido qilganimda, sanodan keyin “A’uzu billahi...” va “Bismillah...” dan hech birini aytmagan holda, suralarni ham tilovat qilmagan holda, imom tilovatini tinglab turaman. Qiroat maxfiy bo‘lgan hollarda, jahriyda bo‘lganidek, batamom Allohga qaratilgan bo‘ladi. Allohga nisbatan qo‘rquv va umid bilan turaman. Allohni ko‘rib turgandek, hech bo‘lmaganda U meni ko‘rib turganini his qilib turgan holda bo‘laman. Uning qudratini, o‘zimning ojizligimni his qilib, “mana, hozir jonimni olib qo‘yishi mumkin” degan buyuk hadik bilan chulg‘anib turaman. Jamoat namozini qabul qilishda Alloh taolo shu jamoatdagilarning namozdagi xushu’si va xuzu’si eng yuqori bo‘lgan namozxonga qaraydi va qolganlarning ham namozini o‘shaning namozi darajasida yozadi. Jamoat namozining biri yigirma etti barobar ko‘paytirib yozilishi ham shundandir. Namozda yig‘lagim kelsa, ko‘zlarimdn yosh oqsa, etlarim jimirlab ketsa namozimdan ma’lum miqdorda huzur va qoniqish ham hosil qilaman. Chunki rivoyatlar asosida bilamanki, agar shunday holat menda ro‘y bersa, demak namozimda menga farishtalar jismini tekkizgan bo‘ladi. Bu ham bo‘lsa namozimdagi xushu’ va xuzu’ natijasidir. Demak men shu holat bilan yanada ko‘proq qalbimni Allohga qaratishim kerakdir. Bir o‘zim namoz o‘qiganda sanodan keyin “A’uzu billahi...” va “Bismillah...” ni aytib “Fotixa”ni o‘qiyman, keyin esa zam surani “Bismillah...” demasdan qo‘shib o‘qiyman.Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!7. Imom takbir aytib, ruku’ga ketganda, takbir tugashi bilan men ham “Allohu akbar” ni ichimda aytib, ruku’ga ketaman. Bunda kaftim bilan tizzamning chig‘anoqlarini changallab olaman, barmoqlarim orasi mubolag‘a darajasida ochilgan bo‘ladi. Qo‘llarim tizzamga gavdam og‘irligi ostida tiralib turadi, xuddiki qo‘lim bilan gavdamni oyoqlarimdan uzoqlashtirmoqchi bo‘lgandek va bunda qo‘llarim tekis, bukilmagan, tizzamga tiralib, oyoqlarimni ham tekis tutib turadi. Bu holda bo‘ynim va elkamdan tortib belimgacha umurtqam bir tekis bo‘lishini ta’minlashga intilaman. Bunda belim ozroq bo‘shashadi (Ana shu holat, ya’ni to‘g‘ri ruku’, bel og‘rig‘i bilan xastalanganlarga dardda engillik va tuzalish ham olib kelar ekan). Ruku’da nigohimni ikki oyoqlarim uchi orasiga qarataman. Bu holatim o‘zimni Robbim oldida qasddan haqir, xokisor tutishimdir, boshqa birovga nisbatan o‘zimni bunday tutmayman. Shu holatimni anglab turib, “Subhana robbiyal aziym” deb uch marta, yoki besh marta, yoki etti marta yoki undan ko‘p toq marta (imomga ergashishimni kechiktirmagan darajada) aytaman. Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!8. Imom “Sami’allohu liman hamidah” deb ruku’dan bosh ko‘targanda, men ham “Robbana lakal hamd”deb qomatimni tik ko‘taraman. Bunda, rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam o‘rgatganlaridek, umurtqalarim tik holatimdagi o‘z o‘rniga joylashib olgunchalik turaman. Bu uchun, iloji boricha ozroq orqaga ham og‘inib olaman. Qanoat hosil qilgach, keyingi harakatga o‘taman. Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!9. Keyingi harakatim sajda bo‘ladi. Imom takbir aytib sajdaga borgach, takbir tugashida men ham takbir ila birinchi sajdaga boraman. Sajdaga borayotganimda erga avvalo ikki tizzam, keyin ikki kaftim, keyin burnim va so‘ng peshonam tegadi. Sajda holatimda old tomondagi og‘irligim qo‘llarimga va boshimga birdek taqsimlanadi: peshonamga og‘irligimni tashlab, qo‘llarimni bo‘sh qo‘ymayman, va aksincha, qo‘llarimga tiralib, boshimning og‘irligini ko‘tarib turmayman. Lekin bel qismim, ya’ni bel bo‘g‘ini ham gavdamni ma’lum miqdorda ushlab turadi. Sajdada qornim sonimga tegmaydi, iloji boricha, masjiddagi imkoniyatga qarab, oldinroqqa intilib sajda qilishga harakat qilaman. Tirsaklarimni erga tekkizmayman, chunki erga tirsak tekkizib sajda qilishni Payg‘ambar alayxissalom “it sajdasi” deb ataganlar. O‘zim bemalollikda namoz o‘qiganimda qo‘ltiqlarim orasi ham ochiqroq bo‘ladi. Lekin jamoatda o‘qiganimda ixchamroq bo‘lib olishga intilaman, chunki safdagi jipslik, masjiddagi izdihom shuni taqozo qiladi. Va agar tirsagimni yon tomonga chiqarsam, suyakli joylarim (zero tirsak bukilganda bo‘g‘in suyagi tashqariga qaragan bo‘ladi) safdoshlarimga ozob berib qo‘yadi va bu narsa men xohlamasam ham, mening va yonimdagi safdoshlarimning namozimiz savoblari kamayishiga sabab bo‘ladi. - Juda ham to‘g‘ri!10. Sajdada o‘zimni xosroq holatda tutishga harakat qilaman: bu mening eng haqir, xorlangan holatim, peshonamni va burnim uchini erga tekkizib, o‘zimni shunchalik xokisor tutamanki, buni faqat Alloh uchun qilaman, va boshqa hech kimga, hech qanday holatda men bu ishni qilmayman. Bularni anglab turishim esa, mening sajdadagi xushu’im va tavozu’imdir. Va yana, hadislardan o‘rganib, bilib turamanki, Robbimga eng yaqin holatim shu — sajdadagi holatimdir. Va aynan shu holatimda Rahmon sifatli Egam mening yuzimga yuzini tekkizib turgan bo‘ladi. Bu his menga lazzat baxsh etadi. Bu lazzatli holatimni ilojim boricha davomli bo‘lishiga intilaman: “Subhana robbiyal a’laa” deb uch marta, yoki besh marta, yoki etti marta yoki undan ko‘p toq marta aytaman. Qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi. (Albatta, bu ishni yakka o‘zim namoz o‘qiganda qilaman. Agar imom orqasida o‘qisam yoki imomlik qilsam, buning davomiyligini mo‘’tadil maromda qilaman, ko‘p cho‘zmayman, va qisqa qilib ham qo‘ymayman.) Sajda paytida qo‘llarim barmoqlarini mubolag‘a darajasida jipslashtirib, barchasini qibla tomonga qarataman, jumladan bosh barmoqlarimni ham. Bunda kaftlarim orasidagi masofa elkam barobarida bo‘ladi, bosh barmoqlarim uchlari esa yuzimni erga qo‘yganimda qoshlarim tengida bo‘ladi. Nigohim burunlarim uchiga qaratilgan bo‘ladi. Sajdaga borgandan keyin, sajda uchun xalal bergan narsani olib tashlashga, notekislikni tekislashga urinmayman. Chunki bu namozimga putur etkazadi. Sajdada qo‘llarim uchini bir-biriga ham qaratib qo‘ymayman, chunki bunda, avvalo, ularni qibladan burgan bo‘laman, ikkinchidan esa, aynan shu holatda tirsaklarim yon tomonga chiqib, yonimdagi safdoshimga qadalgan bo‘ladi. Qattiq joyim — tirsak suyagim bilan namoz ichida, ayniqsa sajdada birodarimga ozor berishim, uning namozini behalovat qilib qo‘yishim, oqibatda o‘zimning namozimga putur etkazmaydimi? Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!11. Imom takbir ila birinchi sajdadan bosh ko‘tarib o‘tirganda, men ham ergashib, takbir bilan o‘tiraman. Shu holimda ikki marta “Allohumma-g‘firli” deb aytaman. O‘tirganimda qo‘llarim barmoqlari qibla tomonga yo‘nalgan holda ikki sonim ustida bo‘ladi, juda jips ham emas, juda orasi ochiq ham emas, mo‘’tadil ixcham holatda bo‘ladi. Barmoqlarim uchlari tizzam uchi bilan tekis turadi, tizzamdan oldinga qarab chiqib ketmaydi, juda orqaga ham tortilmaydi. Oyoqlar esa son boldir qismiga, dumba qismi tovonga tegib turgan, bunda chap oyoq uchi o‘ng tomonga yo‘nalgan holda bo‘ladi. O‘ng oyoq kafti esa tikka holda, barmoqlari erga tiralib, barmoqlarning uchi qiblaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Nigohim ko‘ksimga, uning chaprog‘iga moyilroq qadalgan bo‘ladi. Shu holatda imom takbiriga ergashib, ikkinchi sajdaga bosh qo‘yaman. Bunda ham birinchi sajdadagi barcha holatlar takrorlanadi. Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!12. Imom takbir ila ikkinchi sajdadan qiyomga turayotganida men ham og‘irligimni oyoqlarimga olib, iloji boricha qo‘llarim bilan erga tisarilmay qiyomga turaman. Qomatim tiklanib bo‘layotgan zahoti qo‘llarimni qovushtirib olaman. Oyoqlarimning qiyomdagi holatini, ya’ni ularni qanday qo‘yishimni aytgandim: ikkisi ham barmoqlari bilan qibla tomonga bir xil qaratilgan bo‘ladi, biri chapga, ikkinchisi o‘ngga qarab emas. Aynan ana shu holat o‘ng oyog‘im uchun sajdaga borganimda ham, sajdadan turayotganimda saqalanib qoladi. Ya’ni o‘ng oyog‘im uchi deyarli turgan joyidan qimirlamaydi, qiyomda ham, sajdada ham o‘ng oyoq uchi turgan joyida turadi va sajdadan turayotganimda safda aynan avvalgi holatimda, safning avvalgi chizig‘ida turib yana qiyomga rostlanaman.- Juda ham to‘g‘ri!13. Ikkinchi rak’at boshlanadi. Yana namozning boshidagi holatda bo‘lib, ikkinchi rak’at tilovatini tinglayman. Ikkinchi rak’atni ham birinchi rak’at kabi ado etaman. Ushbu rak’atda ikkinchi sajdadan so‘ng qiyomga turmasdan, qa’daga o‘tiraman. O‘tirganda xuddi ikki sajda o‘rtasidagi o‘tirishdek o‘tiraman: va “Attahiyatu lillahi vas solavatu vat toyyibaat, assalamu alayka ayyuhannabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu alayna va ala ibadullahis solihiyn. Ashhadu al-laa ilaaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh” ni o‘qiyman. Bunda “Ashhadu al-laa...” iborasini aytayotganda, “...laa...”deb turib, o‘ng qo‘lim ko‘rsatkich barmog‘ini qibla tomonga yo‘naltiraman. Bu ishorai sabboba deyiladi. (O‘sha“...laa...” lafzini aytayotganimda nigohimni ko‘ksimdan shu ko‘rsatkich — sabboba barmog‘imga ko‘chiraman va keyingi harakatga o‘tguncha nigohim unda bo‘ladi.) So‘ngra salovot aytaman: “Allohumma solli ala Muhammadin va alaa ali Muhammad, kama sollayta alaa Ibrohima va alaa ali Ibrohim, innaka Hamiydum Majiyd. Allohumma barik ala Muhammadin va alaa ali Muhammad, kama barokta alaa Ibrohima va alaa ali Ibrohim, innaka Hamiydum Majiyd”. Salavot aytib, undan so‘ng namoz ichida duolar qilish joizligidan “Robbanaa atinaa fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qinaa azaban naar” va “Allohummag‘firli va li validayya va lil aqrobaai, va li ustaziyya, va li jami’il mu’minina val mu’minaat, al-ahyaa’i minhum val amvaat” deb, boshimni avval o‘ng tomonga burib, “Assalamu alaykum va rohmatulloh”, so‘ngra chap tomonga burib “Assalamu alaykum va rohmatulloh”, deb namozni tugataman. Boshimni burganda nigohim elkam ustiga tushirilgan, ko‘z qiri bilan elka usti orqali qaraganda ikki orqa qator ko‘rinadigan bo‘ladi. Boshimni tomonlarga burganimda nigohim bag‘rimdan nariga o‘tmaydi. Agar namoz uch yoki to‘rt rak’atli bo‘lsa, shahodat kalimasining “...va rosuluh” lafzidan so‘ng salovotga o‘tmasdan keyingi rak’atga takbir ila turaman va keyingi rak’atlarni yuqorida aytilganidek ado etaman. Bunda farz namozlarida uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarda “Fotixa” surasidan so‘ng boshqa sura zam qilinmaydi. Sunnat va nafl namozlarida ikkinchi rak’atdan so‘ng ham zam suralar o‘qiladi. Agar namozni ahli ayolim yo mahramimdagi ayollar bilan birga o‘qishga to‘g‘ri kelib qolsa, imomlikda iloji boricha eng qisqa suralarni o‘qiyman, namozni ixcham ado etishga harakat qilaman. Chunki ayollarning o‘ziga xos maqomi bo‘lib, yosh farzandlari va boshqa yumushlari bilan bog‘liq holatlari tomonidan ularni betoqat qilib qo‘yishdan tiyilaman. Shunday to‘g‘rimi?- Juda ham to‘g‘ri!

21 Апрел 2022, 07:18 | Савол-жавоблар | 207 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar