Emizikli va homilador ayollarning ro‘za tutishi

8 oylik emizikli bolasi bor ayol ramazon ro´zasini tutadimi? Homiladorlarchi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Homilador yoki sut emizuvchi ayol, aslida ro‘za tutishga buyurilgan. Faqat ular uzrli holatdagina ro‘za tutmasliklari mumkin. Bunda ularning o‘zlariga yoki bolalariga zarar etadigan, etish xavfi bo‘lsa, uzr bo‘ladi.     Chunonchi, Alloh taolo Qur’oni karimda bunday degan:     فمن كان منكم مريضا او على سفر فعدة من ايام أخر “Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardadir”. (Baqara surasi, 184-oyat). Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda ham bunday ta’kidlanadi : انّ الله وضع عن المسافر الصوم وشطر الصلاة وعن الحبلى والمرضع الصوم “Albatta Alloh taolo musofirdan ro‘zani va namozning yarmini, homilador va sut emizuvchi ayoldan esa ro‘zani (farziyatini) olib qo‘ygan”. Homilador va sut emizuvchi ayol bu o‘rinda kasal hukmidadir. Ular boshqa qulay vaqt topilganda, o‘tkazib yuborgan ro‘zalarining qazosini tutib beradilar. Mazhabimizning ittifoqiy fatvosiga ko‘ra, ularga boshqa hech qanday fidya lozim emas.
Manba

21 Апрел 2022, 07:27 | Савол-жавоблар | 180 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar