Quchoqlash, o‘pish va shunga o‘xshash ishlar tufayli maniysi to‘kilsa

Ayolim shu kunlarda bir narsadan xafa bo‘lib yig‘lagan edi men uni tinchlantirish uchun yupatib bag‘rimga shahvatsiz bosdim (o‘pganim ham yo‘q), lekin shaxvatim qo‘zimagan bo‘lsa ham tahoratim buzildi (savol uchun uzr, ya’ni biroz maziy chiqdi), ertasi kuni ayolim yonimda o‘tirgan paytda (shaxvat qo‘ziydigan biror ish ham qilmadim va xatto bu haqda o‘ylamadik ham) yana shu xolat yuz berdi, bu gal ham shaxvatim qo‘zigani yo‘q, lekin tahorat ketdi. Ro‘zam buzildimi yoki yo‘qmi shuni tushunolmay boshim qotdi. Ushbu sayda "Ro‘zani buzadigan va buzmaydigan narsalar" maqolasida "22. Quchoqlash, o‘pish va shunga o‘xshash ishlar tufayli maniysi to‘kilsa, qazo tutadi" deyilgan, mening xolatim bunga kiradimi (mening xolatimda tom ma’noda maniy to‘kilmadi, lekin yuqorida aytgan xolat yuz berdi)?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ro‘za buzilmagan.

21 Апрел 2022, 07:34 | Савол-жавоблар | 170 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar